Sindarov va Gukeş jahon toji uchun eng yosh shaxmatchilar sifatida kurashadi

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi uçraşuvi şaxmat tarixidagi eng yoş iştirokçilar qatnaşadigan bahs böladi. Har ikki şaxmatçi ayni damda 20 yoşda. Bu haqda Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lum qildi.
Uçraşuv noyabr oyida boşlanadi
FIDE ma’lumotiga köra, jahon çempionligi uçun matç 2026-yil 22-noyabrdan 12-dekabrgaça Şveysariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Kolonji hududida ötkaziladi. Birinçi klassik partiya 24-noyabr kuni boşlanadi.
Bellaşuv 14 tagaça klassik partiyadan iborat böladi. Matçda 7,5 oçko töplagan şaxmatçi ğolib çiqadi. Agar 14 partiyadan keyin hisob teng bölsa, çempion tay-brek orqali aniqlanadi.
Uçraşuvning umumiy mukofot jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi.
Sindarov jahon çempionligi uçun kuraşadi
Javohir Sindarov 2026-yilgi da’vogarlar turnirida ğalaba qozonib, jahon çempionligi uçun bahslaşiş huquqini qölga kiritdi. U Özbekiston tarixida mutlaq jahon çempionligi unvoni uçun matçda qatnaşadigan ilk şaxmatçi böladi.
Gukeş Dommaraju esa 2024-yilda xitoylik Ding Lirenni mağlub etib, jahon çempioniga aylangan. Jenevadagi matç uning çempionlik unvonini ilk bor himoya qilişi böladi.
Avvalroq Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi bölajak bahsda öz imkoniyatini 50,1 foizga baholagandi.