Uklon Özbekistonda ustun mavqega ega platforma deb topildi

Raqobat qömitasi «Uklon UB» MÇJ XKni taksi buyurtmalarini joylaştiriş va taksi xizmatlarini körsatişga imkon beruvçi agregator xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etdi. Bu haqda qömitaning tegişli buyruği qabul qilindi.
Kompaniyada monopoliyaga qarşi komplayens joriy etiladi
Raqobat qömitasi ma’lumotiga köra, «Uklon UB» faoliyatida ustun mavqeni suiiste’mol qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida monopoliyaga qarşi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.
Mazkur tizim kompaniya faoliyatining raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga muvofiqligini nazorat qilişga qaratiladi.
Uklon faoliyati monitoring qilinadi
Qömita ustun mavqega ega raqamli platforma operatorining faoliyatini muntazam monitoring qilib borişini ham ma’lum qildi.
Ustun mavqega ega deb e’tirof etilişi kompaniyaning bozordagi faoliyati taqiqlanganini anglatmaydi. Biroq operator raqobatni çeklaş, boşqa bozor iştirokçilariga teng bölmagan şartlarni qöllaş yoki öz mavqeidan suiiste’mol qilişga olib kelişi mumkin bölgan harakatlarga yöl qöymasligi kerak.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Uklon yangilangan brend platformasi va vizual aydentikasini taqdim etgani haqida yozgan edi.