Xitoyda Mbappening futbolkalari yoqib yuborilmoqda

Xitoyda «Real Madrid» hujumçisi Kilian Mbappening futbolkalari yoqib yuborilmoqda, uning reklama suratlari esa yöq qilinmoqda. Bunga futbolçining Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedun haqidagi izohi sabab bölgan. Mojaro ortidan uçta xitoylik kompaniya Mbappe bilan hamkorlikni töxtatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mbappening qaysi gapi norozilikka sabab böldi
Mojaro fransuz futbolçisining «The Bridge» internet dasturi uçun bergan intervyusidan olingan video tarqalganidan keyin boşlandi. Unda Mbappe özining eng kulgili memi haqida gapirib, yuzini xitoylik diktator deb öylagan şaxsning suratiga joylaştirişganini aytgan. Video Mao Szedun portreti ustiga Mbappening yuzi tuşirilgan tasvir bilan namoyiş etilgan. Reuters videoning haqiqiyligini mustaqil ravişda tasdiqlay olmaganini qayd etgan.
Videodan keyin Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida futbolçiga qarşi norozilik kuçaydi. Tarqalgan tasvirlarda muxlislar Mbappe tuşirilgan futbolkalarni yoqayotgani, uning reklama plakatlarini esa yirtib yoki oyoq osti qilayotgani aks etgan. Xitoy davlat televideniyesi ham Ispaniya La Ligasi öyinlari translyatsiyasini töxtatgani haqida xabarlar tarqaldi.
Uçta kompaniya Mbappe bilan hamkorlikni töxtatdi
Xitoyning Dongpeng içimliklar işlab çiqaruvçi kompaniyasi, Mengniu sut mahsulotlari işlab çiqaruvçisi va Şanghai Milkground Food Teç futbolçi bilan hamkorlikni töxtatganini e’lon qildi.
Kompaniyalar bayonotlarida Xitoy xalqining his-tuyğulariga zarar yetkazadigan söz va xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bölişlarini bildirgan.
Mbappe Xitoy xalqidan uzr söradi
27-oktabr kuni Mbappe Xitoydagi muxlislari va uning sözlaridan ranjigan barça insonlardan uzr söradi. Futbolçi izohi notöğri bölganini anglaganini va Xitoy xalqi hamda uning tarixiga hurmat bilan qaraşini bildirdi. «Real Madrid» va La Liga rahbariyati ham Xitoy xalqidan uzr söragani haqida xabar berildi.
Avvalroq Xitoy Taşqi işlar vazirligi fransiyalik futbolçi Kilian Mbappening mamlakatning sobiq rahbari Mao Szedun haqidagi izohlarini tanqid qilgandi.