Anqarada Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boği oçildi

eʼlon qilindi
Boğda turkiy mamlakatlarning alohida pavilonlari joylaştirilgan
Foto: president.uz

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar yetakçilari uçun taşkil etilgan madaniy dasturda iştirok etdi.

Tadbir Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammiti doirasida ötkazildi. Davlat rahbarlari «Beştepa» majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğini oçib berdilar.

Şuningdek, oqing: Özbekiston va Turkiya biznes kengaşini tuziş töğrisida bitim imzoladi

Turkiy davlatlarning pavilonlari taşkil etildi

Foto: president.uz

Boğda turkiy mamlakatlarning alohida pavilonlari joylaştirilgan. Ularda an’anaviy ötovlar, xalq amaliy san’ati namunalari, turkiy xalqlarning tarixi, me’moriy merosi va zamonaviy taraqqiyoti aks ettirilgan. Yetakçilar qadimgi O‘rxun bitiklarining nusxasi bilan ham tanişdi. Şuningdek, milliy öyinlar, kamonçilar va tarixiy liboslardagi jangçilar çiqişlari namoyiş etildi.

Tadbir yakunida davlat rahbarlari eman köçatlarini ekdi.

Foto: president.uz

Yetakçilar «Malazgirt» markaziga bordi

Foto: president.uz

Şundan söng delegatsiyalar rahbarlari «Malazgirt» markaziga taşrif buyurdi. Markaz nomi 1071-yil 26-avgustda sodir bölgan Malazgirt jangiga işora qiladi.

Mehmonlar uçun çavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar iştirokida tomosha taşkil etildi. Unda TDTga a’zo mamlakatlardan olib kelingan otlar ham qatnaşdi.

Avvalroq Mirziyoyev va Erdöğan strategik şeriklikni kengaytirişni muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek