Binance xavfsizlik hodisasi ortidan $3 mlrdlik kriptoaktivni muzlatdi

Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri Binance xavfsizlik bilan boğliq jiddiy hodisa yuzasidan tekşiruv olib bormoqda. Kompaniya hodisa bilan boğliq qariyb $3 mlrdlik kriptoaktivni muzlatişga muvaffaq bölganini ma’lum qildi.
Binance’ning 30-oktabrdagi rasmiy ma’lumotiga köra, hodisaning taxminiy umumiy ta’siri hozirça $6,3 mlrd deb baholanmoqda. Kompaniya foydalanuvçilarning mablağlari xavfsiz ekanini va barça zararlar qoplanişini bildirdi.
Hujum xodim kompyuteri orqali amalga oşirilgan bölişi mumkin
Binance’ning dastlabki tekşiruviga köra, hujumçilar DevOps muhandislaridan birining buzib kirilgan noutbukidan foydalanib, xizmat konteyneriga kirişga va ruxsatsiz pul yeçiş tranzaksiyalarini yuborişga muvaffaq bölgan bölişi mumkin.
Kompaniya hozirça kriptohamyonlarning yopiq kalitlari sizib çiqqaniga oid dalil topmagan. Yakuniy texnik xulosa tergov tugagaç e’lon qilinadi.
Tether va Circle ham milliardlab aktivlarni muzlatdi
Hodisa ortidan boşqa yirik kriptokompaniyalar ham mablağlarni bloklaşga kirişgan.
Tether qariyb $1,57 mlrdlik USDT, Circle esa $800 mln dan ortiq USDCni muzlatgan. Ripple ham qariyb $200 mlnlik aktivlarni bloklagan.
Binance huquqni muhofaza qiluvçi organlar, blokçeyn tahlil kompaniyalari va stablecoin emitentlari bilan birgalikda qolgan mablağlarni izlaş va muzlatiş ustida işlamoqda.
Depozit va pul yeçiş vaqtinça töxtatildi
Xavfsizlik çorasi sifatida Binance depozit kiritiş va mablağ yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.
Şuningdek, hodisaga aloqador manzillarning avtorizatsiyasi bekor qilingan. Kompaniya tekşiruv yakunlangaç yangilangan Proof of Reserves hisobotini ham e’lon qilişini bildirdi.
Binance barça zararlar SAFU favqulodda fondi va kompaniyaning öz mablağlari hisobidan qoplanişini ma’lum qildi.
Dastlab öğirlangan summa $5,9 mlrdgaça baholangan edi
Hodisa haqida dastlabki ma’lumotlar tarqalganda mustaqil blokçeyn tahlilçilari zarar miqdorini turliça baholagan.
Çainalysis qariyb $5,9 mlrd, boşqa tahlilçilar esa $5 mlrd dan ortiq mablağ öğirlangan bölişi mumkinligini taxmin qilgan.
Biroq Binance’ning keyingi rasmiy yangilanişida hodisaning umumiy ta’siri $6,3 mlrd atrofida ekani bildirildi.
Bitcoin narxi pasaydi
Xavfsizlik hodisasi haqidagi xabarlar ortidan kriptovalyuta bozorida ham pasayiş kuzatildi.
Reuters ma’lumotiga köra, Bitcoin va Ethereum narxi qariyb 2 foizga tuşgan, Binance’ning BNB tokeni esa 8 foizdan köproq arzonlaşgan.
Binance tekşiruv davom etayotganini bildirib, foydalanuvçilarni faqat kompaniyaning rasmiy kanallaridagi ma’lumotlarga tayanişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Binance AQŞ bozoriga qaytişi mumkinligi haqida yozgan edi.