
2027-yilgi Chevrolet Bolt elektromobili yangi avlodda LFP batareya, tezroq quvvatlaş va yangilangan texnologiyalar bilan qaytdi. Biroq uning asosiy raqobati endi nafaqat narx, balki energiya samaradorligi va bir quvvatda bosib ötiladigan masofa böyiça ham keçmoqda.
Taqqoslaş şuni körsatadiki, yangi Bolt elektr sarfi böyiça segmentdagi eng yaxşi modellardan biri bölsa-da, yuriş zaxirasida ayrim raqiblaridan ortda qoladi.
Bolt 28 kVt·soat/100 mil sarflaydi
2027-yilgi Chevrolet Bolt 210 ot kuçiga ega bitta elektromotor bilan jihozlangan va old ğildirakdan tortadi. Modelning örtaça samaradorligi 120 MPGe, elektr energiyasi sarfi esa 100 milga 28 kVt·soatni taşkil qiladi.
Şahar şaroitida körsatkiç 134 MPGe, magistralda esa 106 MPGega teng. Bir quvvatda bosib ötiladigan masofa esa taxminan 266 mil, ya’ni qariyb 428 km.

Subaru Unçarted eng tejamkor böldi
Taqqoslangan modellar orasida old ğildirakdan tortuvçi Subaru Unçarted eng yuqori natijani körsatgan.
Uning örtaça samaradorligi 129 MPGe, elektr sarfi esa 100 milga atigi 26 kVt·soat. Model bir quvvatda 308 mil, ya’ni qariyb 496 km masofa bosib ötişi mumkin.
Nissan Leaf ham Bolt’dan biroz tejamkor
18 dyuymli pölat diskli Nissan Leaf 121 MPGe natija bilan Chevrolet Bolt’dan biroz yuqoriroq samaradorlik körsatgan.
Elektr sarfi Bolt bilan bir xil — 100 milga 28 kVt·soat. Biroq Leaf’ning yuriş zaxirasi 303 milga, ya’ni qariyb 488 km ga yetadi.
Qiziq jihati, 19 dyuymli yengil qotişmali disklar örnatilganda Leaf samaradorligi sezilarli pasayadi: 103 MPGe va 100 milga 33 kVt·soat. Yuriş zaxirasi ham 259 milgaça tuşadi.

Kia EV3 uzoqroq yuradi
Kia EV3 Long Range old ğildirakdan tortuvçi versiyada 117 MPGe natija körsatadi va 100 milga 29 kVt·soat energiya sarflaydi.
U samaradorlik böyiça Bolt’dan biroz pastroq bölsa-da, 321 mil, ya’ni qariyb 517 km yuriş zaxirasiga ega. Şu sabab Bolt kamroq energiya sarflasa ham, Kia EV3 bir quvvatda ança uzoq masofa bosib öta oladi.
Mitsubişi va Toyota ham Bolt’dan köproq sarflaydi
Mitsubişi Eclipse Sportback EV 112 MPGe natija körsatadi va 100 milga 30 kVt·soat energiya sarflaydi. Uning yuriş zaxirasi 282 milga teng.
18 dyuymli diskli Toyota C-HR AWD esa 117 MPGe, 29 kVt/soat/100 mil sarf va 287 mil yuriş zaxirasini taklif qiladi.
20 dyuymli disklar bilan Toyota’ning samaradorligi 112 MPGe gaça pasayadi.

Bolt samaradorlik böyiça kuçli, yuriş zaxirasida esa ortda
Umuman olganda, 2027-yilgi Chevrolet Bolt energiya sarfi böyiça öz segmentidagi eng tejamkor elektromobillardan biri hisoblanadi.
U faqat old ğildirakdan tortuvçi Subaru Unçarted va 18 dyuymli pölat diskli Nissan Leaf’dan biroz ortda qoladi.
Biroq yuriş zaxirasida Bolt köplab raqiblaridan yutqazadi. Subaru Unçarted, Nissan Leaf va Kia EV3 bir quvvatda Bolt’dan sezilarli köproq masofa bosib öta oladi.
Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Gentra nega hamon ommabopligi haqida yozgan edi.