Erdöğan va Tramp 24 soat içida ikki marta telefonda gaplaşdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va AQŞ prezidenti Donald Tramp 24 soat içida ikki marta telefon orqali muloqot qildi. Ikkinçi suhbat 29-oktabr kuni Anqarada Turkiya Respublikasi kuni munosabati bilan taşkil etilgan rasmiy keçki ovqat vaqtida bölib ötdi. Bu haqda Turkiya prezidentligi huzuridagi Kommunikatsiyalar boşqarmasi ma’lum qildi.
Tramp Turkiy davlatlar taşkiloti sammitiga muvaffaqiyat tiladi
Telefon suhbati davomida Erdöğan Trampga keçki ovqatda qatnaşgan davlat rahbarlarining salomini yetkazdi.
Turkiya prezidenti Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT)ning 13-sammiti ötkazilişini va unda taşkilot faoliyatini rivojlantirişga qaratilgan qarorlar qabul qilinişini aytdi. U TDTni Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga xizmat qiluvçi tuzilma sifatida ta’rifladi.
Tramp esa Erdöğanga bölajak sammit muvaffaqiyatli ötişini tiladi.
Birinçi suhbatda mintaqaviy masalalar muhokama qilingan
Ikki prezident 28-oktabr kuni ham telefon orqali gaplaşgan. Öşanda Turkiya va AQŞ örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro vaziyat muhokama qilingan.
Erdöğan Turkiya Hormuz böğozi va Yamandagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini, muammolarni diplomatik yöl bilan hal etiş tarafdori ekanini bildirgan.
Avvalroq Qozoğiston prezidenti Qasim-Jömart Töqayev Rossiyaning Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) faoliyatida iştirok etişini taklif qilgandi.