Google’ning bozor qiymati bir kunda 500 mlrd dollarga kamaydi

Google kompaniyasining boş taşkiloti Alphabet aksiyalari sun’iy intellektga yönaltirilayotgan ulkan xarajatlar va uning asosiy reklama biznesiga ta’siri sabab keskin arzonlaşdi. 29-oktabr kuni kompaniyaning bozor qiymati 500 mlrd dollardan köproqqa kamaydi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Alphabet aksiyalari bir kun içida qariyb 13 foizga tuşib, sönggi olti oydagi eng past darajaga yetdi. Bunga kompaniyaning çoraklik moliyaviy natijalari va sun’iy intellektga investitsiyalar böyiça rejalari sabab böldi.
Google’ning sun’iy intellekti reklama daromadiga ta’sir qilmoqda
Alphabet hisobotiga köra, kompaniyaning çoraklik tuşumi ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 foizga oşib, 127,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Google Cloud xizmatlari daromadi esa 103 foizga ösib, qariyb 31 mlrd dollarga yetdi.
Şunga qaramay, kompaniya foydasi 25 foizga kamaydi. Şuningdek, Alphabet tarixida ikkinçi marta erkin pul oqimi manfiy körsatkiçga tuşdi. Bu safar uning hajmi 9 mlrd dollardan oşdi.
Investorlarni xavotirga solgan asosiy omillardan biri Google qidiruv tizimidagi sun’iy intellekt xulosalari böldi. Uşbu funksiyalar foydalanuvçilarga qidiruv natijalarini AI yordamida tayyorlangan qisqa javoblar şaklida taqdim etadi. Natijada qidiruv sahifalarida joylaştiriladigan reklama soni va undan olinadigan daromadga bosim kuçaymoqda.
Alphabet aksiyalarining bozor qiymati bir kun içida 3,97 trln dollardan 3,46 trln dollarga tuşdi.
Amazon va Microsoft ham katta xarajatlar qilmoqda
Sun’iy intellekt sohasidagi investitsiyalar faqat Google bilan çeklanmayapti. Amazon va Microsoft ham uşbu yönalişga katta mablağ sarflamoqda. Amazonning çoraklik tuşumi 11 foizga ösib, 201 mlrd dollarga yetgan bölsa-da, kompaniyaning erkin pul oqimi 42 mlrd dollar manfiy körsatkiçni qayd etdi. Kompaniya rahbari Endi Jassi sun’iy intellekt platformasi Bedrock va öz protsessorlarini işlab çiqariş katta iqtisodiy imkoniyatlar yaratişini ta’kidladi.
Microsoft esa çoraklik tuşumini 19 foizga oşirib, 92,3 mlrd dollarga yetkazdi. Uning bulutli xizmatlari daromadi 30 foizga ösib, 63 mlrd dollarni taşkil etdi. Kompaniya rahbari Satya Nadella Copilot xizmatidan kundalik foydalanuvçilar soni bir yil içida beş baravar oşganini bildirdi.
Şunga qaramay, investorlar texnologiya kompaniyalarining sun’iy intellektga sarflayotgan mablağlari kelajakda qança daromad keltirişiga şubha bilan qaramoqda.
Forrester tahlilçisi Treysi Vuning fikriça, asosiy savol — sun’iy intellekt rivojidan keladigan iqtisodiy qiymatni texnologiya kompaniyalarining qaysi biri öz daromadiga aylantira olişida.
Avvalroq Kanadalik 20 yoşli Trenton Riçard David Jonston AQŞda kriptovalyuta firibgarligi va pul yuviş bilan boğliq iş böyiça 25 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi.