Içimlik suvi 5 viloyatda qimmatlaşdi — Toşkent şahrida özgarmadi

eʼlon qilindi
Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida yangi tariflar tasdiqlandi
Foto: Kursiv Media

Özbekistonda Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida, şuningdek, Çimgan-Çorboğ magistral suv ta’minoti korxonasida içimlik suvi tariflari oşirildi. Kursiv Uzbekistan muxbiri bu haqda «Özsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinganini xabar berdi.

Suv tariflari nega qayta körib çiqilmoqda?

«Özsuvta’minot» boşqaruv raisining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi Islom Abdullaev tariflarni qayta körib çiqiş zaruratini elektr energiyasi narxining oşişi, eskirgan tarmoqlarni ta’mirlaş xarajatlari va xalqaro moliya institutlaridan olingan kreditlarni qaytariş majburiyatlari bilan izohladi.

«2026-yil 1-iyundan yoqilği-energetika resurslari narxi 10 foizga oşirildi. Şundan kelib çiqib, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlaridagi 5 ta hududiy suv ta’minoti korxonasida yangi tariflar tasdiqlandi», — dedi Abdullaev.

Abdullaevning qayd etişiça, suv ta’minoti korxonalarining xarajatlari orasida elektr energiyasi va taşqi qarz majburiyatlari ham salmoqli örin tutadi.

«Joriy yilning 9 oyida soha korxonalari elektr energiyasi uçun 460 milliard söm, taşqi qarz majburiyatlari uçun esa 286 milliard söm tölab berdi», — dedi u.

Eng past tarif Toşkent şahrida, eng yuqorisi Surxondaryo viloyatida

«Özsuvta’minot» ma’lumotiga köra, yangi tariflar 2026-yil 27-oktabr holatiga 6 ta korxonada tasdiqlangan. Xususan, aholi uçun içimlik suvi tariflari quyidagiça özgargan:

  • Andijon viloyatida — 1 650 sömdan 2 500 sömga;
  • Navoiy viloyatida — 3 500 sömdan 4 200 sömga;
  • Samarqand viloyatida — 2 800 sömdan 3 600 sömga;
  • Surxondaryo viloyatida — 5 300 sömdan 6 800 sömga;
  • Toşkent viloyatida — 2 600 sömdan 3 100 sömga;
  • Çimgan-Çorboğ magistral suv ta’minoti korxonasida — 1 500 sömdan 1 700 sömga.

Hozirda respublika böyiça aholi uçun içimlik suvining örtaça tarifi bir kub metr uçun 3 765 sömni (QQS bilan 4 217 söm) taşkil etadi. Eng past tarif Toşkent şahrida — 1 400 söm, eng yuqori tarif esa Surxondaryo viloyatida — 6 800 söm.

Toşkent şahrida tarif özgarmagan

Foto: Kursiv Media

Toşkent şahrida aholi uçun içimlik suvi tarifi 2023-yil 15-dekabrdan beri özgarmagan. Biroq 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi narxi oşirilgani sababli poytaxt böyiça ham yangi tarif taklifi kiritilgan.

Joriy yil 27-oktabr holatiga köra, u hali tasdiqlanmagan. Kompaniya ma’lumotiga köra, elektr energiyasi narxi 2023-yil oktabrdagi 450 sömdan 2026-yil iyunda 1 100 sömgaça oşgan.

Tariflarni tasdiqlaş tartibi özgaradi

Prezidentning 2026-yil iyuldagi PF–140-son farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan içimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlaş vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga ötkaziladi.

Yangi tartibga köra, tariflar hududiy kengaşlar tomonidan alohida tasdiqlanmaydi, balki yagona va iqtisodiy asoslangan mezonlar böyiça körib çiqiladi. Şuningdek, 2027-yil 1-apreldan budjet taşkilotlari uçun yagona tarif joriy etilişi rejalaştirilgan.

«Özsuvta’minot» yangi mexanizm energiya resurslari narxi özgarganda tariflarni öz vaqtida qayta körib çiqiş, korxonalarning xarajatlarini qoplaş va tarmoqlarni modernizatsiya qiliş imkonini berişini bildirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkentda issiq suv va issiqlik taʼminoti narxi oşişi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek