
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQŞning Sent-Luis şahrida ötkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida ğolib çiqdi. U uç kunlik musobaqani 20,5 oçko bilan yakunlab, eng yaqin ta’qibçisini 1,5 oçkoga ortda qoldirdi.
Turnirda Sindarovdan taşqari Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameşbabu Praggnanandhaa qatnaşdi.
Sindarov 20,5 oçko jamğardi
Yakuniy jadvalda Sindarov 20,5 oçko bilan birinçi örinni egalladi. Praggnanandhaa 19 oçko bilan ikkinçi, Karuana 16,5 oçko bilan uçinçi, Nakamura esa 12 oçko bilan törtinçi böldi.
Şu tariqa özbekistonlik grossmeyster turnirni ikkinçi örindagi raqibidan 1,5 oçko ustunlik bilan yakunladi.
Sindarov qança mukofot oldi
Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi $425 mingni taşkil etdi.
Birinçi örin uçun Sindarovga $125 ming asosiy mukofot belgilangan edi. Bundan taşqari, turnir formatiga köra, alohida partiyalardagi ğalabalar uçun pul bonuslari va çempion uçun qöşimça jekpot ham közda tutilgan.
Chess.com ma’lumotiga köra, bonuslarni ham hisobga olganda Sindarovning turnirdagi umumiy daromadi $168 mingga yetgan.
Turnirning öziga xos formati
Clutch Chess: Champions Showdown’da har bir iştirokçi uç kun davomida jami 18 ta partiya öynadi.
Birinçi kuni ğalaba uçun 1 oçko, ikkinçi kuni 2 oçko, hal qiluvçi uçinçi kuni esa 3 oçko berildi. Şu sabab turnirning sönggi kuni natijalarga eng katta ta’sir körsatdi.
Partiyalar 10 daqiqa va har bir yurişga qöşimça 5 soniya vaqt nazorati ostida ötkazildi.
Gukeşga qarşi bahs oldidan sönggi turnir
Clutch Chess: Champions Showdown Sindarov uçun amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi jahon çempionligi uçraşuvidan oldingi sönggi turnir böldi.
Sindarov jahon çempionligi uçun bahs oldidan sönggi musobaqasini ğalaba bilan yakunladi.
Avvalroq «Kursiv» Sindarov va Gukeş jahon toji uçun eng yoş şaxmatçilar sifatida kuraşişi haqida yozgan edi.