Kam ta’minlangan oilalarga 191,4 mlrd söm QQS qaytarildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida kam ta’minlangan oilalar vakillariga 191,4 mlrd sömga yaqin ijtimoiy keşbek tölab berildi. Soliq qömitasi ma’lumotiga köra, dasturdan 651,3 ming nafar iste’molçi foydalangan.
Eng katta summa Andijonga töğri keldi
Hududlar kesimida eng katta ijtimoiy keşbek Andijon viloyatida qayd etilgan. Bu hududda fuqarolarga 96,9 mlrd söm qaytarilgan.
Keyingi örinda Toşkent şahri — 17,8 mlrd söm, Samarqand viloyati esa 15 mlrd söm bilan qayd etilgan. Sentabr oyining özida mamlakat böyiça 102,7 ming nafar foydalanuvçiga 3,7 mlrd sömdan ortiq ijtimoiy keşbek tölangan.
7,5 mln dan ortiq çek röyxatdan ötkazilgan

2026-yilning töqqiz oyida ijtimoiy keşbek dasturi doirasida 7,52 mln ta xarid çeki röyxatdan ötkazilgan.
Sentabr oyining özida esa 474,6 mingta çek tizimga kiritilgan.
QQSning 12 foizi qaytariladi
2023-yil 1-maydan boşlab «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan jismoniy şaxslar ayrim tovarlarni çakana savdo obyektlaridan xarid qilganda odatiy 1 foizlik keşbek örniga 12 foiz QQS summasini ijtimoiy keşbek sifatida qaytarib olişi mumkin.
Buning uçun xarid çekining QR-kodi Soliq mobil ilovasi orqali skaner qilinadi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Özbekistonda soliqlarni ixtiyoriy tölaş darajasi 89 foizni taşkil qilgani haqida yozgan edi.