Kommunal kompensatsiya oliş uçun daromad mezoni oşiriladi

Özbekistonda elektr energiyasi, tabiiy gaz va kömir xarajatlari böyiça kompensatsiya hamda moddiy yordam olişda oilalarning ehtiyojmandligini aniqlaş mezonlari yumşatiladi.
Yangi tartibga köra, oiladagi jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromad böyiça çegara bir qator yönalişlarda minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravarigaça oşiriladi.
Elektr va gaz kompensatsiyasi uçun mezon oşadi
Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli böyiça kompensatsiya tayinlaşda oiladagi jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 baravaridan 2 baravarigaça oşiriladi.
Bu daromadi avvalgi mezondan yuqori bölgani sababli kompensatsiya ololmagan ayrim oilalarning ham yordam dasturiga kiriş imkoniyatini kengaytiradi.
Kömir uçun yordam mezoni ikki baravar oşiriladi
Kömir sotib oliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun moddiy yordam ajratişda ham mezon özgaradi.
Bunda jon boşiga örtaça oylik daromad çegarasi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 2 baravarigaça kötariladi.
Xuddi şunday mezon «Saxovat va kömak» jamğarmasi mablağlari hisobidan kommunal xarajatlarni qoplaş, kommunal tölovlar böyiça qarzdorlikni bartaraf etiş hamda kömir yoki boşqa yoqilği mahsulotlari bilan ta’minlaşda ham qöllanadi.
Elektr va gaz uçun kompensatsiya 2028-yilgaça davom etadi
Aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça bazaviy iste’mol me’yori doirasidagi tarif bilan undan ortiq iste’mol uçun belgilangan tarif örtasidagi farqni qoplaş muddati 2028-yil 1-aprelgaça uzaytiriladi.
Kömir sotib oliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun moddiy yordam tölaş esa 2029-yil 1-yanvargaça davom etadi.
Özgarişlar yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga bosqiçma-bosqiç ötiş davrida ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Avvalroq «Kursiv» Özbekistonda 1 milliondan ortiq oilaga bir martalik yordam puli berilişi haqida yozgan edi.