
Kun oson keçmasligi mumkin, lekin agar siz uni muhim işlar bilan boşlasangiz, u juda samarali böladi. Töğri, şuni yodda tutingki, hatto odatiy masalalarni yeçiş ham siz öylagançalik oson bölmaydi. Ehtimol, taniş usullar samarasiz bölib çiqadi va yangi narsalarni öylab topişga harakat qiliş kerak böladi. Darvoqe, bu yerda ilgari orttirilgan tajriba köpçilikka asqotadi. Ammo tanişlar beradigan maslahatlar, ehtimol, foydasiz bölib çiqadi, hatto ularni beradigan odamlar çin dildan harakat qilişsa ham. Quyida burjlar böyiça 30-oktabr uçun munajjimlar başoratini taqdim qilamiz.
Qöy (21.03 – 20.04)

Agar odatiy işlar siz kutganingizdan köproq vaqtni olsa, hayron bölmang. Ertalab hatto yaqindagina sizga yordam bergan odamlar ham beixtiyor xalaqit berişlari mumkin: nimanidir tuşunmaslik, adaştiriş yoki heç qanday yomon niyatsiz, öz vaqtida qilmaslik. Bir-biringizdan nimani kutayotganingizni xotirjamlik bilan aniqlab olişingiz kerak, aks holda har kim harakat qiladi, ammo baribir kerakli natija bölmaydi.
Tuşdan keyin yengil tortasiz. Eski işlarni tugatiş, muhim savollarga javob oliş imkoniyati paydo böladi. Qandaydir muhim muzokaralar töxtab qolgan nuqtadan siljişi ehtimoldan xoli emas.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Kun boşida yöl qöyilgan xatolarni tezda tuzatiş mumkin, şuning uçun ular haqida jiddiy qayğurmang. Ertalab yaqin insoningiz bilan suhbatlaşiş uçun qulay. Yaqin kelajakdagi rejalaringizni muhokama qilişingiz va birgalikda nima qilişingiz haqida kelişib olişingiz mumkin. Butun oila uçun muhim bölgan yoqimli xabarlar yoki ilgari oçiq qolgan masalaning hal etilişi kutilmoqda.
Butun kun iş uçun qulay böladi. Soğlom fikr va intuitsiya boşqalar boşi berk köçaga kirib qolgan joyda sizga yöl topişga yordam beradi. Öqiş ham oson böladi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Ertalab va’da berişga şoşilmang: va’dangizda turiş siz öylagandan köra qiyinroq bölişi mumkin. Imkoniyatlarni haddan taşqari baholaş yoki istalgan narsani haqiqiy deb körsatiş xavfi mavjud. Şuning uçun jiddiy qarorlarni keçiktiriş, işda esa mustaqil uddalaş mumkin bölgan vazifalarga e’tibor qaratiş ma’qul: şunda bahslaşiş va çalğişga sabab kamroq böladi.
Tuşdan keyin ustuvor vazifalarni belgilab oliş mumkin böladi. Intuitsiya asosiy narsaga e’tibor qaratişga yordam beradi, atrofdagilar xalaqit bermaydi.
Qisqiçbaqa (22.06 – 22.07)

Kunni jiddiy suhbatlar bilan boşlamaslik kerak. Ertalab birovning tanbehi odatdagidan köra qattiqroq ta’sir qilişi mumkin, ayniqsa, sizga eski xatoni eslatişsa. Şu sababli, hatto oddiy va barça uçun foydali bölgan masalalar muhokama qilinayotganda ham qizğin bahslar yuzaga kelişi mumkin. Şuni yodda tutingki, hozir har qanday yöl bilan öz haqligingizni isbotlaşga urinmasligingiz kerak. Biroz sabr qiling, hali öz pozitsiyangizni xotirjam tuşuntiriş imkoniyatiga ega bölasiz.
Arslon (23.07 – 23.08)

Muhim işni barvaqt boşlaş kerak. Ertalab qiyin vazifani uddalaş, iş yoki şaxsiy hayotingizdagi muhim masalalarni muhokama qiliş osonroq keçadi. Qöllab-quvvatlaş olişingiz mumkin, şuning uçun aynan şu paytda ğoyangizni amalga oşirilişi boğliq bölgan odamlarga taklif qilişingiz kerak. Bu vaqtda kiçik pul tuşumlari ham istisno qilinmaydi.
Kunning ikkinçi yarmida işlarda keçikişlar bölişi mumkin. Odatda tez sodir böladigan narsa köproq vaqt talab qiladi. Yangi tanişlar bilan muloqotda ham qiyinçiliklar yuzaga kelişi mumkin.
Parizod (24.08 – 22.09)

Ertalab bir neçta noxuş gaplarni eşitasiz. Bu yoqimli bölişi dargumon, ayniqsa, öz işlaringiz bilan xotirjam şuğullanişni xohlaganingizda. Uyingizda ham, işxonangizda ham sizga tanbeh berişlari mumkin; kimdir eski xatoni eslaşi yoki yangi xatolaringizni körsatişi mumkin. Bundan taşqari, sizga odatdagidan köproq iltimos bilan murojaat qilişadi. Agar sizning yaxşiligingizdan foydalanişga harakat qilişsa, nimaga tayyor va nimaga tayyor emasligingizni qat’iy belgilab qöyiş juda örinli.
Tarozi (23.09 – 23.10)

Tirişqoqlik qilsangiz, tugallanmagan işlarni muvaffaqiyatli yakunlaşingiz mumkin. Kun asosan osoyişta ötadi: eski işingizga qaytişingiz, keraksiz narsalarni olib taşlaşingiz, bundan keyin nima bilan şuğullanmoqçi ekanligingiz uçun joy böşatişingiz mumkin. Boşlagan işni xotirjam yakunlaş, töplanib qolgan masalalarni hal qiliş va endi kerak bölmagan narsalardan xalos böliş mumkin.
Uzoq muddatli rejalar tuziş uçun ham qulay kun böladi. Siz kasbiy istiqbollar haqida öylaşingiz, yaqinlaringiz bilan birgalikda hal qilişingiz kerak bölgan vazifalar haqida suhbatlaşişingiz mumkin.
Çayon (24.10 – 22.11)

Siz qandaydir kiçik xatolarga yöl qöyişingiz mumkin, lekin ular jiddiy yöqotişlarga olib kelmaydi. Diqqatni jamlaş ba’zan qiyin böladi, şuning uçun kun unumli bölmasligi mumkin. Ammo yoningizda xatoni payqab, uni tuzatişga yordam beradigan odamlar topiladi.
Ertalab hamkasblaringiz va yaqinlaringiz bilan til topişişingiz oson böladi. Eski tanişlar foydali ma’lumotlar bilan örtoqlaşişi, sizni qöllab-quvvatlaşi yoki qiziqarli taklif berişi mumkin.
Öqotar (23.11 – 21.12)

Ertalab eski muammolarni eslatib qöyadi va bu sizni aslo xursand qilmaydi. Birovning tanbehi yoki hatto yordam berişga urinişi odatdagidan köra keskinroq qabul qilinadi. Ayniqsa, qarindoşlaringiz yoki boşqa yaqinlaringiz bilan muloqotda hissiyotlaringizni nazorat qilişga harakat qiling. Aççiğida aytilgan gap ularga tegişi mumkin. Şu bilan birga, agar siz his-tuyğularni boşqarsangiz, bu vaqtda yuzaga keladigan köplab muammolarni hal qilişingiz mumkin.
Kun örtasi iş uçun qulay böladi. Ilgari murakkab tuyulgan vazifani hal qiliş uçun tajriba va bilim yetarli böladi.
Toğ eçkisi (22.12 – 20.01)

Siz ayniqsa jiddiy va tafsilotlarga e’tiborli bölasiz, bu hatto juda murakkab vazifalarni ham uddalaşga yordam beradi. Siz noaniq vaziyatda tezda möljal olasiz, boşqalar e’tibordan çetda qoldirgan narsalarni payqaysiz va yaxşi yeçim topasiz. Bu kun birinçi taassurot bilan çeklanib qolmasdan, barça tafsilotlarni örganiş va sinçkovlik bilan tekşiriş muhim bölgan iş uçun mos keladi.
Kun örtasida taşvişli xabarlar kelişi mumkin. Ammo biror qaror qabul qilişdan oldin, ularga asoslanib, hammasini sinçiklab tekşiriş kerak.
Qovğa (21.01 – 19.02)

Qat’iyat ertalabdanoq asqotadi: kerakli natijaga tezda erişiş amrimahol. Işda kelişmovçiliklar yuzaga kelişi mumkin, ammo hatto şubha bilan qaraydigan suhbatdoşingizni ham işontiriş qölingizdan keladi. Biroq şuni yodda tutingki, bu paytda işbilarmonlik va şaxsiy manfaatlarni aralaştirib yubormaslik nihoyatda muhimdir.
Asta-sekin işlaringiz yurişib, hamkasblar va rahbariyat bilan munosabatlaringiz yaxşilanadi. Ammo uydagi muammolar rejalaştirilgan dam olişdan voz keçişga majbur qilişi mumkin. Ba’zilarga maişiy taşvişlar faqat ularga nasib qilayotgandek tuyuladi.
Baliq (20.02 – 20.03)

Ğayrioddiy tadbirga taklifni qabul qilişingiz kerak: u yerda foydali tanişlar orttirişingiz yoki qiziqarli narsalarni bilib olişingiz mumkin.
Kun boşida işlaringiz oson keçadi, köp işlarda tezda kerakli natijaga erişasiz. Qiziqarli imkoniyatlarni oçadigan yangi ğoyalar paydo böladi, işbilarmonlik va şaxsiy munosabatlarda ijobiy özgarişlar yuz berişi mumkin. Sizni kasbiy qiziqiş birlaştiradigan odamlarga e’tibor bering.