Özbekistonlik sartaroşlar Jahon çempionatida 4 ta sovrin oldi

eʼlon qilindi
49 davlat vakillari bellaşdi
Özbekiston sartaroshlari Jahon çempionatida 4 ta sovrin oldi
Foto: Toşkent şahar hokimligi

Italiyaning Paestum şahrida ötkazilgan sartaroshlik san’ati böyiça Jahon çempionatida Özbekiston vakillari 4 ta yönalişda sovrinli örinlarni egalladi. Jamoa, şuningdek, musobaqaning nufuzli «Oskar» kuboklaridan birini qölga kiritdi.

Jahon çempionatida 49 davlatdan kelgan iştirokçilar 25 ta yönaliş böyiça özaro bellaşdi. Özbekiston şarafini 6 nafar sartaroş himoya qildi. Ular jami 9 ta yönalişda öz mahoratini namoyiş etdi.

Özbekiston 4 ta yönalişda sovrin oldi

Musobaqa yakunlariga köra, özbekistonlik iştirokçilar 4 ta yönalişda sovrinli örinlarni qölga kiritdi. Qolgan 5 ta yönalişda ham vakillar yuqori natija körsatib, 4- va 5-örinlarni egalladi.

Özbekiston terma jamoasi çempionatda eng köp örinlarni egallagan davlat sifatida e’tirof etildi.

Şu munosabat bilan jamoaga musobaqada topshiriladigan 4 ta nufuzli «Oskar» kubogidan biri taqdim etildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston sportçilari sönggi 10 yilda 5,5 mingdan ortiq medallar qölga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek