Ronaldu Toşkentga otlandi, Sindarovdan yana ğalaba — 30-oktabr yangiliklari

Futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu Toşkentga yölga çiqişdan oldin raqib darvozasiga 3 ta golni mixlab qöydi, Javohir Sindarov esa yana bir ğalabani qölga kiritdi — 30-oktabr yangiliklarini Kursiv Uzbekistan dayjestida öqing.
Javohir Sindarov 425 ming dollarlik turnir ğolibi böldi

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQŞning Sent-Luis şahrida ötkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida ğolib çiqdi. U uç kunlik musobaqani 20,5 oçko bilan yakunlab, eng yaqin ta’qibçisini 1,5 oçkoga ortda qoldirdi.
Turnirda Sindarovdan taşqari Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameşbabu Praggnanandhaa qatnaşdi.
Yakuniy jadvalda Sindarov 20,5 oçko bilan birinçi örinni egalladi. Praggnanandhaa 19 oçko bilan ikkinçi, Karuana 16,5 oçko bilan uçinçi, Nakamura esa 12 oçko bilan törtinçi böldi.
Binance xavfsizlik hodisasi ortidan $3 mlrdlik kriptoaktivni muzlatdi

Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri Binance xavfsizlik bilan boğliq jiddiy hodisa yuzasidan tekşiruv olib bormoqda. Kompaniya hodisa bilan boğliq qariyb $3 mlrdlik kriptoaktivni muzlatişga muvaffaq bölganini ma’lum qildi.
Binance’ning 30-oktabrdagi rasmiy ma’lumotiga köra, hodisaning taxminiy umumiy ta’siri hozirça $6,3 mlrd deb baholanmoqda. Kompaniya foydalanuvçilarning mablağlari xavfsiz ekanini va barça zararlar qoplanişini bildirdi.
Ronaldu xet-trikdan söng Toşkentga keladi

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu «Al-Xulud»ga qarşi uçraşuvda xet-trik qayd etdi. Uning jamoasi Saudiya Pro-ligasining 12-turida raqibini 5:3 hisobida mağlub etdi.
Portugaliyalik futbolçi uçta golni 15 daqiqa içida urdi va faoliyatidagi gollari sonini 985 taga yetkazdi. Endi u 1 000 gollik marraga yetiş uçun yana 15 ta gol urişi kerak.
Ispaniyadagi poyezd halokatida qurbonlar soni 74 nafarga yetdi

Ispaniyaning Toledo provinsiyasida yuz bergan tezyurar poyezdlar töqnaşuvida halok bölganlar soni 74 nafarga yetdi. Köplab jabrlanganlar şifoxonalarda davolanmoqda.
Mamlakatda uç kunlik motam davom etmoqda. Qirol Felipe VI va qiroliça Letisiya Toledodagi şifoxonalardan biriga borib, jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan uçraşdi.
Davlat xaridlarida 10,2 trln sömlik qoidabuzarlik aniqlandi

Hisob palatasi 2026-yilning dastlabki 9 oyida ötkazgan auditlari davomida 2 trln sömlik moliyaviy xatoliklarni aniqladi. Yana 4,8 trln sömlik hujjatlar huquqiy baho berish uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi. Bu haqda Hisob palatasining 2026-yilning 9 oyidagi faoliyati yakunlari yuzasidan ötkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Özbekistonlik yoşlar Germaniyada öqib, işlaşi mumkin

Migratsiya agentligi va Germaniyaning Deutsçe Bahn kompaniyasi özbekistonlik yoşlarni temiryöl montajçisi kasbi böyiça uç yillik dual kasbiy ta’lim dasturiga taklif qilmoqda.
Dastur davomida iştirokçilar nazariy ta’lim oladi, amaliy tajriba orttiradi va oyiga 1 400 – 1 560 yevro miqdorida tölov olişi mumkin.
Anqarada Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boği oçildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar yetakçilari uçun taşkil etilgan madaniy dasturda iştirok etdi.
Tadbir Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammiti doirasida ötkazildi. Davlat rahbarlari «Beştepa» majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğini oçib berdilar.
«Cobalt yutdingiz» degan xabarga işongan fuqaro 4,5 mln sömidan ayrildi

Telegram orqali «Cobalt avtomobilini yutdingiz» degan xabarga işongan fuqaro firibgarlarga 4,5 mln söm ötkazib berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departament xabar berdi.
Jabrlanuvchining aytişiça, unga Telegramdagi profil orqali «Cobalt» avtomobilini yutgani haqida xabar kelgan. Keyinçalik firibgarlar ovozli xabarlar yuborib, avtomobil Sirdaryoda ekanini aytgan.
Toşkent şahar hokimligi «Paxtakor»ga 5 mlrd söm ajratdi

Toşkent şahar hokimligi «Paxtakor» futbol klubiga 5 mlrd söm mablağ ajratişni ma’qulladi. Mablağ Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan beriladi.
Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqovning 29-oktabrdagi qaroriga köra, «Paxtakor» FK MChJga tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasiga muvofiq 5 mlrd söm ajratiladi.
Mirziyoyev Turkiy turizm alyansini tuzişni taklif qildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar örtasida Turkiy turizm alyansini taşkil etiş va fuqarolarning ID-karta orqali özaro safar qiliş imkoniyatlarini kengaytirişni taklif qildi. Bu haqda davlat rahbari 30-oktabr kuni Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida sözlagan nutqida ma’lum qildi.
Mirziyoyev turkiy davlatlarning tarixiy şaharlari, tabiati, madaniyati va mehmondöstlik an’analarini dunyoga birgalikda tanitiş zarurligini ta’kidladi.
Töqayev Rossiyani ham Turkiy davlatlar taşkilotiga qöşişni taklif qildi

Qozoğiston prezidenti Qasim-Jömart Töqayev Rossiyaning Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) faoliyatida iştirok etişini taklif qildi. Uning fikriça, Rossiyaning taşkilotga qöşilişi yoki kuzatuvçi maqomini olişi TDT nufuzini oşirib, a’zo mamlakatlar uçun foydali böladi.
Ilk bor Özbekiston vakili TDT boş kotibi böldi

Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) boş kotibi etib tayinlandi. Tegişli qaror taşkilotning Anqarada bölib ötgan 13-sammiti doirasida Davlat rahbarlari kengaşi tomonidan qabul qilindi. Bu haqda taşkilotning matbuot xizmati xabar berdi.
Mirvohid Azimov TDT tarixida boş kotib lavozimini egallagan ilk Özbekiston vakili böldi. Azimov 2026-yil 26-mayda Özbekiston prezidentining qarori bilan taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangan. Bungaça u Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.