SamAvto modernizatsiya qilinadi va işlab çiqariş kengaytiriladi

eʼlon qilindi
Çakana savdo va oziq-ovqat loyihalari ham muhokama qilindi
Foto: SamAuto

Prezident Şavkat Mirziyoyev Anqarada Anadolu Group xoldingi boşqaruv kengaşi raisi Kamilxan Suleyman Yazijini qabul qildi. Uçraşuvda Samarqanddagi SamAvto korxonasini modernizatsiya qiliş va avtomobilsozlikdagi investitsiya loyihalarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Samarqanddagi SamAvto korxonasini modernizatsiya qiliş, işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş va eksport hajmini kengaytiriş böyiça qöşimça investitsiya loyihalarini körib çiqdi.

Uçraşuvda Anadolu Groupning Özbekistonda salqin içimliklar va avtomobilsozlik sohalariga kiritgan investitsiyalari ham qayd etildi.

Çakana savdo va oziq-ovqat loyihalari ham muhokama qilindi

Muloqot davomida Turkiyaning yirik çakana savdo tarmoqlaridan birini Özbekiston bozoriga olib kiriş imkoniyati ham muhokama qilindi.

Şuningdek, çorvçilik majmuasini barpo etiş, göşt va sut mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş kabi istiqbolli loyihalar körib çiqildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq EKSIM Holding Özbekistonda energetika loyihalarini kengaytirmoqçiligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek