Suvdan qarzdorlar elektr uchun tölov qilolmasligi mumkin — Özsuvta’minot

2027-yil 1-yanvardan içimlik suvi qarzdorligini undiriş tartibi özgaradi. Bu haqda «Özsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Suvdan qarzdorlik notarius yoki sud orqali undiriladi

«Özsuvta’minot» AJ Oçiq suv havzalari va magistral suv tarmoqlariga xizmat körsatiş boşqarmasi boşliği örinbosari Asiljon Muhiddinovning aytişiça, qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, uni undiriş masalasi qarz miqdoriga qarab notarial yoki sud tartibida hal etiladi.
«Qarzdorlik bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravarigacha bölsa, undiriş notarius orqali amalga oşiriladi. Ming baravaridan ortiq qarzdorlik esa sud tartibida undiriladi», — dedi Muhiddinov.
Qarzdorlik bartaraf etilmasa elektr energiyasi uçun tölov qila olmaydi
Şundan söng ijro hujjati rasmiylaştirilib, Majburiy ijro byurosiga yuboriladi. Agar ijro hujjati böyiça ham majburiyat bajarilmasa, qonunçilikda belgilangan tartibda iste’molçining elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati çeklanadi. Buning uçun iste’molçi içimlik suvi va oqova suv xizmatlari böyiça qarzdorligini bartaraf etişi kerak böladi.
«Qarzdorlik paydo bölişi bilan elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyati darhol çeklanmaydi. Avval iste’molçiga qarzni belgilangan tartibda bartaraf etiş imkoniyati beriladi. Qarzdorlik undirilmey qolgan taqdirdagina bu çora qöllaniladi», — dedi u.
Mazkur tartib Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga nisbatan qöllanilmaydi. Yangi mexanizm qarzdorlikni undirişning amaldagi tartibini takomillaştirişga qaratilgan.
23 ming iste’molçi suv tarmoğidan uzildi
«Özsuvta’minot» ma’lumotiga köra, iste’molçilar bazasi yil boşiga nisbatan 222 mingtaga yoki 4 foizga oşib, jami 5 mln 470 mingtaga yetgan.
Şu bilan birga, qarzdorligi mavjud 23 mingta iste’molçi içimlik suvi tarmoğidan uzilgan. Yana 122 mingta holatda jami 265 mlrd sömlik qarzdorlikni undiriş uçun hujjatlar sud organlariga topşirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkent viloyatida suv va kanalizatsiya tariflari oşirilişi haqida xabar bergan edi.