Töqayev Rossiyani ham Turkiy davlatlar taşkilotiga qöşişni taklif qildi

eʼlon qilindi
Rossiyaning qöşilişi TDT nufuzini oşiradi
Foto: Qozoğiston prezidenti matbuot xizmati

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Rossiyaning Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) faoliyatida iştirok etişini taklif qildi. Uning fikriça, Rossiyaning taşkilotga qöşilişi yoki kuzatuvçi maqomini olişi TDT nufuzini oşirib, a’zo mamlakatlar uçun foydali böladi. Bu haqda Töqayev 30-oktabr kuni Anqarada bölib ötgan Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişida ma’lum qildi.

Töqayev Rossiya bilan tarixiy aloqalarni eslatdi

Qozoğiston prezidenti Rossiya asrlar davomida turkiy dunyo bilan yaqin aloqalarni saqlab kelganini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, Rossiya hududida tarixan köplab turkiy xalqlar istiqomat qiladi.

«Taşkilotimiz nufuzini oşiriş maqsadida Rossiyaning uşbu formatga qöşiliş yoki TDT faoliyatida kuzatuvçi sifatida iştirok etiş niyatlariga ijobiy yondaşiş töğri va adolatli qaror bölar edi», — dedi Töqayev.

U, şuningdek, Rossiya Qozoğiston qöllab-quvvatlayotgan «Oltoy — turkiy sivilizatsiya beşigi» loyihasini ilgari surayotganini eslatdi. Prezident rus tilida turkiy kelib çiqişga ega sözlar köpligini ham qayd etdi.

«Agar Rossiya turkiy davlatlar qatoriga, ya’ni taşkilotimizning bir qismiga aylansa, bu barça mamlakatlarimiz uçun foydali bölar edi», — dedi u.

TDT harbiy ittifoqqa aylanmasligi kerak

Töqayev taşkilot harbiy ittifoqqa aylanmasligi kerakligini ham ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Qozoğistonning bu boradagi pozitsiyasi özgarmagan.

Prezident TDT huzurida Doimiy vakillar kengaşini taşkil etiş zarurligini ham bildirdi. Uning qayd etişiça, sönggi yillarda taşkilot faoliyati sezilarli darajada kengayib, 60 ta yönalişni qamrab olgan.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar örtasida Turkiy turizm alyansini taşkil etiş va fuqarolarning ID-karta orqali özaro safar qiliş imkoniyatlarini kengaytirişni taklif qilgandi.

Shuningdek