Toşkentda mahalla hovlilaridan avtoturargohlarni çiqariş rejalaştirilmoqda

Toşkent şahrida mahalla hovlilaridan avtoturargohlarni olib taşlaşni rejalaştirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Böşagan joylar bolalar, piyodalar va aholi dam olişi uçun moslaştirilişi közda tutilgan.
Bu «15 daqiqalik qulay muhit» loyihasining asosiy yönalişlaridan biri bölib, 2027-yilda 100 ta, 2030-yilga borib esa jami 400 ta mahallani kompleks yangilaş rejalaştirilgan.
Hovlilarda avtomobillar uçun joy kamayadi
Loyihaga köra, mahalla içidagi hovlilar avtomobil harakatidan imkon qadar xoli hududga aylantiriladi.
Avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini hovlilardan taşqariga köçiriş orqali bolalar öynaşi, odamlar sayr qilişi va qöşnilar dam olişi uçun köproq joy yaratiş rejalaştirilmoqda.
Bu, ayniqsa, piyodalar xavfsizligini oşiriş va hovlilardagi böş maydonlardan samaraliroq foydalanişga qaratilgan.
Böşagan joylarda yaşil hududlar yaratiladi
Avtomobillardan böşagan hududlarda xiyobonlar, soyali yölaklar, bolalar va sport maydonçalari taşkil etilişi közda tutilgan.
Şuningdek, keksalar va yoş bolali oilalar uçun sayr qiliş hamda dam oliş imkoniyatlarini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.
«15 daqiqalik» tamoyil joriy etiladi
Loyiha doirasida boğça, maktab, oilaviy poliklinika, maişiy xizmat körsatiş va dam oliş maskanlari aholiga piyoda 15 daqiqalik masofada joylaşişi kerak.
Mahallalarda zamonaviy videokuzatuv tizimlari va favqulodda vaziyatlarda yordam çaqiriş uçun SOS tugmalarini örnatiş ham rejalaştirilgan.
Rejaga köra, 2027-yilda Toşkentdagi 100 ta mahalla yangilanadi. 2030-yilga borib esa bunday mahallalar soni 400 taga yetkaziladi.
Avvalroq «Kursiv» yangi Toşkent aeroporti Şimoliy vokzal bilan temir yöl orqali boğlanişi haqida yozgan edi.