Binance 6,3 mlrd dollarlik xakerlik hujumidan körilgan zararning 95 foizini qopladi

eʼlon qilindi
Pul yeçiş qayta tiklanmoqda
Binance 6,3 mlrd dollarlik xakerlik hujumidan körilgan zararning 95 foizini qopladi
Foto: depositphotos

Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri Binance xakerlik hujumi oqibatida öğirlangan qariyb $6,3 mlrdlik aktivlarning 95 foizini qoplaganini ma’lum qildi. Kompaniya qolgan aktivlarni ham töliq tiklaş va foydalanuvçilar uçun kriptovalyuta yeçib oliş xizmatlarini bosqiçma-bosqiç qayta işga tuşirişni boşlamoqda.

Hujum 29-oktabr kuni sodir bölgan. AQŞ Federal qidiruv byurosi hujum ortida Şimoliy Koreya bilan boğliq TraderTraitor xakerlik guruhi turganini ma’lum qildi.

Binance zararni öz mablağlari hisobidan qoplaydi

Binance 31-oktabrdagi avvalgi yangilanişida öğirlangan aktivlarning 90 foizi qoplanganini bildirgan edi. Birja buning uçun $6,34 mlrddan ortiq mablağ ajratgan. 1-noyabrga kelib qoplangan aktivlar uluşi 95 foizga yetdi.

Kompaniya zararni foydalanuvçilar zimmasiga yuklamasligini ta’kidlamoqda. Mablağlarni tiklaşda Binance’ning foydalanuvçilarni himoya qiliş uçun taşkil etilgan SAFU fondi, fyuçers suğurta fondining bir qismi va kompaniyaning öz korporativ mablağlaridan foydalanilgan.

Bitcoin, Ethereum, Tether, BNB, Solana, USDC, XRP va boşqa qator yirik kriptoaktivlar böyiça zaxiralar töliq tiklangan. Qolgan 5 foiz, asosan, likvidligi pastroq tokenlardan iborat bölib, ularni bozordan kerakli hajmda sotib oliş köproq vaqt talab qilişi mumkin.

FBI Şimoliy Koreyani aybladi

AQŞ Federal qidiruv byurosiga köra, Binance’dan $6 mlrddan ortiq virtual aktivlarni öğirlaş ortida Şimoliy Koreyaga aloqador TraderTraitor guruhi turibdi.

FBI xakerlar öğirlangan aktivlarning bir qismini Ethereum’ga aylantirayotganini aniqlagan. Agentlik ularning keyinçalik DeFi platformalari va tezkor kriptovalyuta ayirboşlaş xizmatlari orqali mablağlarni yaşirişga urinişini kutmoqda.

Şimoliy Koreya avval ham davlatga aloqador xakerlik guruhlari orqali kriptovalyutalarni öğirlaş haqidagi ayblovlarni rad etib kelgan.

Hujum qanday sodir bölgan

Binance’ning dastlabki tekşiruviga köra, hujum kompaniya DevOps muhandislaridan birining noutbuki buzib kirilişi bilan boğliq bölişi mumkin. Bu xakerlarga xizmat konteynerlaridan biriga kiriş va ruxsatsiz pul yeçiş operatsiyalarini amalga oşiriş imkonini bergan.

Kompaniya kriptohamyonlarning maxfiy kalitlari sizib çiqqaniga dalil topilmaganini bildirgan. Keyingi tekşiruv davomida esa hujumning qöşimça nuqtalari aniqlangan. Binance yakuniy texnik hisobotni tergov tugagaç e’lon qilişni rejalaştirmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar va blokçeyn tahlil kompaniyalari bilan hamkorlik natijasida öğirlangan aktivlarning qariyb $3 mlrdlik qismi aniqlanib, bloklangan.

Pul yeçiş qayta tiklanmoqda

Hujumdan söng Binance xavfsizlik tekşiruvlari uçun kriptovalyutalarni yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatgan edi. 1-noyabr kuni kompaniya yeçib oliş xizmatlarini bosqiçma-bosqiç qayta işga tuşirişini ma’lum qildi. Dastlab Bitcoin, Ethereum, BNB, Solana, XRP va boşqa yirik tokenlar böyiça operatsiyalar tiklanişi rejalaştirilgan.

Mazkur hujum kriptovalyuta sanoati tarixidagi eng yirik öğrilik sifatida qayd etilmoqda. U 2025-yilda Bybit birjasidan qariyb $1,5 mlrd öğirlangan hujumdan bir neça baravar katta. AQŞ rasmiylari öşa hodisani ham Şimoliy Koreyaga aloqador xakerlar bilan boğlagan edi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Binance zararlarni qoplaş uçun $6,34 mlrd ajratgani haqida yozgan edi.

Shuningdek