Ispaniyadagi poyezd halokatida 10 davlat fuqarolari bedarak yöqolgan

Ispaniyadagi Urda şahri yaqinida yuz bergan yirik temiryöl halokatidan söng bedarak yöqolganlar böyiça 67 ta ariza hanuz faol qolmoqda. Ularning 14 tasi xorijiy fuqarolarga tegişli.
Bedarak yöqolgan xorijliklar AQŞ, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Yaponiya, Meksika, Argentina, Venesuela, Tunis va Çexiya fuqarolaridir.
Qurbonlar soni yana oşişi mumkin
Kastiliya-La-Mança rahbari Emiliano Garsiya-Paj qutqaruvçilar 31 ta inson qoldiqlari solingan paket töplaganini aytdi. Bu esa halok bölganlarni aniqlaş jarayonini murakkablaştirmoqda. U qurbonlar soni yana oşişini istisno etmadi.
31-oktabr holatiga köra, xalqaro manbalarda qurbonlar soni böyiça turli raqamlar keltirilmoqda. Euronews ayrim jasadlarni identifikatsiya qiliş işlari davom etayotganini bildirgan, Reuters esa avvalroq kamida 69 kişi halok bölganini xabar qilgan edi.
39 kişi şifoxonada qolmoqda
Euronews ma’lumotiga köra, halokatda jarohatlanganlarning 39 nafari Kastiliya-La-Mança hududidagi şifoxonalarda davolanmoqda.
Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes hukumat halok bölganlarni aniqlaş işlarini yakunlaş uçun uzluksiz işlayotganini aytdi. U mamlakatning yuqori tezlikdagi temiryöl tizimiga bölgan işonç jiddiy zarar körganini ham tan oldi.
Halokat qanday yuz berdi
Fojia 28-oktabr kuni Madrid – Sevilya yuqori tezlikdagi temiryöl liniyasida yuz berdi. Renfe kompaniyasining tezyurar poyezdi oldinda töxtab turgan Iryo poyezdiga urilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, avval signalizatsiya tizimida nosozlik yuz bergan. Şundan söng Madrid boşqaruv markazi Renfe poyezdiga harakatni davom ettirişga ruxsat bergan. Hozir tergov aynan uşbu qaror va xavfsizlik protseduralari qay darajada bajarilganini örganmoqda.
Bu yilgi ikkinçi yirik poyezd halokati
Urda yaqinidagi fojia Ispaniyada 2026-yilda yuz bergan ikkinçi yirik temiryöl halokati böldi. Yanvar oyida şu Madrid – Sevilya yönalişida yuz bergan boşqa töqnaşuvda 46 kişi halok bölgan edi. Yangi avariya mamlakatda temiryöl xavfsizligi va infratuzilma holati böyiça bahslarni yana kuçaytirdi.
Avvalroq «Kursiv» Ispaniyadagi poyezd halokati Pedro Sançes uçun saylovoldi bosimini kuçaytirgani haqida yozgan edi.