Toşkentda avtobus yölaklaridagi nazorat kuçaytiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtobuslarga mobil kameralar örnatiladi
Toşkentda avtobus yölaklaridagi nazorat kuçaytiriladi
Foto: Transport vazirligi

2026-yil 1-noyabrdan Toşkentda jamoat transporti uçun ajratilgan «A» tasmali yölaklarda yengil va şaxsiy avtomobillarning noqonuniy harakatlanişi hamda töxtab turişiga qarşi nazorat kuçaytiriladi.

Bu xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 30-oktabrdagi qarorida belgilangan.

Avtobuslarga mobil kameralar örnatiladi

Qarorga köra, 15-dekabrga qadar poytaxt avtobuslarining old qismiga harakat vaqtida qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etuvçi mobil videokameralar örnatilişi kerak.

Uşbu kameralar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining yagona axborot bazasi bilan integratsiya qilinadi.

Natijada avtobus yölaklariga noqonuniy kirgan yoki u yerda töxtab turgan avtomobillarni harakat davomida ham aniqlaş imkoniyati paydo böladi.

Nazorat tadbirlarini amalga oşiriş uçun Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi, şahar Transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi hamda «Toşşahartransxizmat» mas’ul etib belgilangan.

«A» tasmali yölaklardan kimlar foydalanişi mumkin

Toşkentda alohida avtobus yölaklarini taşkil etiş 2022-yil dekabrida boşlangan.

Mazkur yölaklarda jamoat transportidan taşqari tez tibbiy yordam, yonğin xavfsizligi va Içki işlar vazirligi xizmat avtomobillarining harakatlanişiga ruxsat beriladi.

2023-yil oxiridan avtobus yölaklaridagi qoidabuzarliklarni maxsus kameralar orqali qayd etiş yölga qöyilgan. Kameralar yölaklarda sababsiz töxtagan, harakatlangan yoki avtobuslarga xalaqit bergan avtomobillarni aniqlaydi.

Avvalgi nazorat tadbirlaridan birida kameralar bir kunning özida avtobus yölaklarida töxtab turgan 175 ta avtomobilni aniqlagan.

Jarimalar qança

2025-yil aprelida avtobus yölaklari va trotuarlarda harakatlanganlik uçun alohida jarimalar belgilangan. Birinçi marta qoidabuzarlik sodir etilganda 412 ming söm, takroriy holatda esa 1,236 mln söm jarima qöllanadi.

Şuningdek, 2026-yil iyunidan Toşkentdagi avtobus yölaklariga deliniatorlar örnatiş boşlandi. Yil oxirigaça poytaxtning 30 dan ortiq köçalarida «A» tasmali yölaklarni taşkil etiş va ularni deliniator hamda boşqa ajratuvçi elementlar bilan jihozlaş rejalaştirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Toşkentda avtobuslar intervali 3 – 5 daqiqagaça qisqartirilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek