Bolgariya tarixida ilk bor ayol prezident saylandi

Bolgariyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida Iliana Yotova ğalaba qozondi. Markaziy saylov komissiyasining 99,95 foiz saylov uçastkalari bayonnomalari qayta işlanganidan keyingi ma’lumotlariga köra, u 57,58 foiz ovoz töpladi. Şu tariqa Yotova mamlakat tarixida prezidentlikka saylangan ilk ayol böldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yotova raqibidan qariyb 18 foiz punktga özib ketdi
1-noyabr kuni bölib ötgan saylovning ikkinçi turida Iliana Yotova va uning vitse-prezidentlikka nomzodi Kiril Valçev 57,58 foiz ovoz oldi. Ularning raqiblari Andrey Gyurov va Georgi Kandev esa 39,47 foiz ovoz töpladi. Saylovçilarning 2,95 foizi nomzodlarning heç birini qöllab-quvvatlamasligini bildirgan.
25-oktabrda ötkazilgan birinçi turda heç bir nomzod yetarli ovoz töplay olmagani sababli ikkinçi tur taşkil etilgan edi.
Yotova yanvar oyidan beri prezident vazifasini bajarayotgan edi
Iliana Yotova 2026-yil yanvarida öşa paytdagi prezident Rumen Radev iste’foga çiqqanidan keyin davlat rahbari vazifasini bajarişga kirişgan. Bungaça u vitse-prezident lavozimida işlagan.
Yotova va Radev Ukrainadagi uruşni diplomatik yöl bilan hal qiliş tarafdori ekanini bildirgan. Saylovda qatnaşiş uçun iste’foga çiqqan Radev keyinçalik parlament saylovlarida ğalaba qozongan.
Avvalroq Braziliyada prezidentlik saylovlarida mağlub bölgan senator Flaviu Bolsonaro oilasi bilan AQŞga jönab ketdi va u yerdan turib muxolifatga rahbarlik qilişini bildirgandi.