Çangli havoda nima qiliş kerak — muhim tavsiyalar

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Nafaqat köçada, balki uy va işxonalarda ham çang zarraçalari miqdori oşişi mumkin
Foto: depositphotos.com

Çangli havoda nafaqat köçada, balki uy va işxonalarda ham çang zarraçalari miqdori oşişi mumkin. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi bunday paytda köçaga çiqişni kamaytiriş, uyga qaytgaç yuviş va xonalarni namlab tozalaşni tavsiya qildi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JST) ma’lumotiga köra, çangli böronlar havodagi mayda zarraçalar miqdorini keskin oşiradi va bu, ayniqsa, nafas oliş hamda yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qilişi mumkin.

Mayda çang zarralari nega xavfli?

Havodagi çang bir xil ölçamda bölmaydi. JST PM10 deb ataladigan, diametri 10 mikrometrdan kiçik zarraçalar nafas yöllariga kirişi mumkinligini qayd etadi. PM2.5 zarraçalari esa bundan ham mayda bölgani uçun organizmga çuqurroq kiradi.

«PM2.5 zarraçalari öpkaga çuqur joylaşişi va qon oqimiga ötişi mumkin», – deyiladi JST ma’lumotida.

JST çang va qum böronlari nafas yöli kasalliklari bilan birga yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini bildiradi. Çang manbadan yuzlab, hatto minglab kilometr uzoqlikka tarqalişi mumkin.

Bolalar, homilador ayollar, keksalar, yurak yoki nafas yöli kasalliklari bor şaxslar hamda köçada işlaydiganlar havo ifloslanişiga nisbatan köproq xavf ostida. JST bunday guruhlarga havoning ifloslanişi yuqori bölgan paytda taşqarida böladigan vaqtni kamaytirişni tavsiya qiladi.

Köçaga çiqiş zarur bölsa nima qiliş kerak?

Foto: depositphotos.com

«Sanepidqömita» çangli havoda köçaga çiqqanda tibbiy niqob taqiş va uni har ikki soatda almaştirişni tavsiya qilmoqda. Uyga qaytgaç esa duş qabul qiliş, soç, yuz va közlarni yaxşilab yuviş, telefon, közoynak, kalit va sumka kabi buyumlarni nam salfetka bilan artiş tavsiya etilgan. Niqoblarning turi muhim bölib, yuzga ziç örnaşadigan va havodagi zarraçalarni filtrlovçi N95, KN95 yoki FFP2 turidagi sertifikatlangan respiratorlar mayda zarraçalarni ushlab qolişi mumkin. Biroq ularni notöğri taqiş himoya darajasini kamaytiradi.

Şu bilan birga, JST aholi orasida respiratorlardan doimiy foydalanişni havo ifloslanişiga qarşi asosiy çora sifatida tavsiya qilmaydi. Taşkilot individual himoyadan köra ifloslantiruvçi manbalarni kamaytiriş eng samarali yeçim ekanini ta’kidlaydi. Keskin çang böronlari kabi qisqa muddatli holatlarda esa respiratorlardan foydalaniş mumkin.

Uyda qolişning özi yetarlimi?

«Sanepidqömita» uy va işxona eşik-derazalarini ziç yopiş, pol va iş yuzalarini nam latta bilan tez-tez artiş, gilam va yumşoq mebellarni tozalaşni tavsiya qilmoqda.

JSTga köra, havo juda iflos paytda uyda qoliş foydali bölişi mumkin, biroq bu xonadagi havoning öziga ham boğliq.

«Uyda qoliş foydali bölişi mumkin, ammo natija xonadagi havo ifloslanişi darajasiga boğliq», – deya qayd etadi JST.

Masalan, ovqat tayyorlaş paytidagi tutun, tamaki çekiś yoki taşqaridan kirayotgan çang xonadagi havoni ham ifloslantirişi mumkin. JST tadqiqotlarida portativ havo tozalagiçlar xonadagi PM2.5 miqdorini kamaytira olişi qayd etilgan, biroq taşkilot ularni hozirça barça uçun umumiy sog‘liqni saqlaş çorasi sifatida tavsiya etmaydi. Sanepidqömita, ayniqsa, nafas yölining surunkali kasalliklari bor fuqarolarga çangli havoda imkon qadar taşqariga çiqmaslikni tavsiya qilgan.

Avvalroq Toşkentda atmosfera inversiyasi tufayli havo ifloslanişi yuqori darajada saqlanib qolişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek