Chevrolet Colorado GPSsiz 2,4 ming km yöl bosdi

2-noyabr 2026 15:38 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
GM xodimlari Nikol Makkinon va Savanna Tayzen 2026-yil oktabr oyida 11-marta ötkazilgan Rebelle Rally musobaqasida qatnaşdi. Foto: Rebelle Rally / Riçard Jordano.

General Motors (GM) kompaniyasining ikki muhandisi Chevrolet Colorado ZR2 Bison pikapida AQŞda ötkazilgan Rebelle Rally musobaqasini yakunladi. 8–16-oktabr kunlari ötkazilgan musobaqaning sakkiz kunlik asosiy sinovi davomida ekipaj 2,4 ming kilometrdan ortiq masofani bosib ötdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy xabarida ma’lum qilindi.

Chevrolet ekipajida Nikol Makkinon va Savanna Tayzen qatnaşdi. Ular Kaliforniya, Nevada va Yuta ştatlari böylab harakatlanib, 200 dan ortiq nazorat nuqtasini topişga harakat qildi. Musobaqa paytida kuchli şamol, qum böroni, jala va toşqinlardan keyingi loyli yollar qatnaşçilarga qiyinçilik tuğdirdi.

Rallida har qanday raqamli GPS qurilmalaridan foydalaniş taqiqlangan. Foto: Rebelle Rally / Riçard Jordano.

GPSsiz yölni qanday topişdi?

Rebelle Rally oddiy tezlik poygasi emas. Bu musobaqada ekipajning möljal oliş, masofani hisoblaş va vaqtni töğri taqsimlaş mahorati baholanadi. Qatnaşçilarga GPS, smartfon, aqlli soat va elektron navigatsiya vositalaridan foydalanish taqiqlangan. Ular faqat qoğoz xarita, kompas va çizğiş yordamida harakatlandi.

«Bu yerda faqat maşinani mohirona yoki tez haydaş kifoya emas. Yölni topiş, vaqtni boşqariş, aniqlik va jamoa içidagi muloqot birdek muhim», — dedi Tayzen. Uning sözlariga köra, ular murakkab şaroitlarda ham bir-birini qöllab-quvvatlaşga intilgan.

Chevrolet jamoasi AQŞning uçta ştati böylab 2,4 ming kilometrdan ortiq masofani bosib ötdi. Foto: Rebelle Rally / Paolo Baraldi.

Chevrolet Colorado qanday natija körsatdi?

General Motors ma’lumotiga köra, 2024-yilgi Chevrolet Colorado ZR2 Bison marshrutni jiddiy texnik nosozliksiz bosib ötgan. Ekipaj boshqa bir avtomobil qiyalikda tiqilib qolganida unga lebedka yordamida kömaklaşgan.

«Colorado barça sinovlardan ötdi. Texnik jihatdan avtomobil töliq soz edi», — dedi Makkinon.

Biroq pikap musobaqada ğolib bölmadi. Rebelle Rally rasmiy natijalariga köra, Makkinon va Tayzen 4×4 toifasidagi 41 ekipaj orasida 23-örinni egallab, 1 145 ball topladi. Bu maksimal ballning 68 foiziga teng. Birinçi örinni 1 533 ball bilan Ford Ranger Raptor ekipaji oldi.

Colorado ZR2 Bison ommaviy işlab çiqariladigan pikap asosida tayyorlangan. U American Expedition Vehicles (AEV) bilan hamkorlikda yaratilgan, yolsizlikda harakatlaniş uçun 35 dyuymli şinalar, himoya plastinalari va maxsus osma qismlari bilan jihozlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Colorado pikapi uçun AQŞda çeğirmalar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek