Dollar yana tuşdi: 3-noyabr uçun valyutalar kursi e’lon qilindi

3-noyabr uçun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 81,81 sömga tuşib, 11 941,65 sömni taşkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank öz saytida e’lon qildi.
Dollarning sönggi kunlardagi özgarişi
27-oktabr kuni 23,04 sömga oşib, 11 861,96 sömni, 28-oktabr kuni 57,02 sömga oşib, 11 918,98 söm, 29-oktabr kuni 85,04 sömga oşib, 12 004,02 söm, 30-oktabr kuni esa 62,2 sömga oşib, 12 066,22 söm böldi. 31-oktabr kuni esa dollar 42,76 sömga tuşib, 12 023,46 sömni taşkil etdi.
Şuningdek, öqing: Dollar kursi oşadimi: ekspert izoh berdi
Yevro kursida ham tuşiş kuzatildi. Yevropa valyutasi 78,46 sömga tuşib, 13 383,01 söm böldi. Rossiya rubli tuşdi. Rubl kursi 1,79 sömga tuşib, 147,65 sömni taşkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida xalqaro pul ötkazmalari orqali Özbekistonga 15,2 mlrd dollar kelib tuşgani haqida yozgan edi. Şu davrda mamlakatdan 2 mlrd dollar çiqib ketgan va natijada 13,2 mlrd dollarlik ijobiy saldo şakllangan.