Rahbarlar qoçib ketmagan — Imarat Development atrofidagi mojaro: jinoiy iş va ta’sisçilar nizosi

eʼlon qilindi
Hozirça heç kimning aybi sud tomonidan isbotlangan emas
Rahbarlar qoçib ketmagan — Imarat Development atrofidagi mojaro: jinoiy iş va ta’sisçilar nizosi
Videodan ekran tasviri

Imarat Development atrofidagi mojaro yana kuçaydi. Uylarini vaqtida ololmagani yoki tölagan mablağlarini qaytara olmayotganini aytayotgan xaridorlar şikoyatlaridan söng kompaniya rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Ayni paytda loyiha bilan boğliq ta’sisçilar örtasidagi kelişmovçilik yuzasidan tadbirkor Marat Hamdamov, aktrisa Şahzoda Muhammedova, jamoat faoli Rasul Kuşerbayev va boshqalar munosabat bildirmoqda.

Toşkent şahar IIBB ma’lumotiga köra, tergov Jinoyat kodeksining firibgarlik va nodavlat taşkilot mansabdor şaxslari tomonidan vakolatlarni suiiste’mol qiliş bilan boğliq moddalari alomatlari böyiça olib borilmoqda. Hozirça heç kimning aybi sud tomonidan isbotlangan emas.

Xaridorlar nimadan norozi

Imarat Development bilan boğliq muammolar birinçi marta paydo bölgani yöq. 2025-yilda «Daryo» naşri kompaniya loyihalaridan uy xarid qilgan bir qator fuqarolarning şikoyatlarini e’lon qilgan edi.

Murojaatçilar orasida şartnomani bekor qilganidan keyin ham pulini qaytara olmayotganlar, qurilişi vaqtida boşlanmagan yoki topşirilmagan xonadonlar xaridorlari bor edi. Ayrimlar reklama va kompaniya vakillarining va’dalariga işonib uy sotib olganini aytgan.

Masalan, Daryoga murojaat qilgan Mansur Döstyöröv Sergeli City loyihasi uçun 100 mln söm tölab, keyin şartnomani bekor qilganini, biroq mablağini uzoq vaqt qaytara olmaganini bildirgan.

«Bir oydan olti oygaça pulingizni tuşirib beramiz, deyişgandi. Olti oy ularni bezovta qilmadim. Keyin qatnay boşladim: boraman — ertaga tuşadi, boraman — bugun tuşadi deydi», – degan u.

Daryo materialida boşqa xaridorlar ham yuz millionlab söm tölov qilgani, ayrim obyektlarda esa quriliş belgilangan muddatda yakunlanmaganini aytgan.

2026-yilda mojaro yana kuçaydi

Kun.uz’ga murojaat qilgan xaridorlarning aytişiça, 2025-yilda topşirilişi kerak bölgan ayrim xonadonlar 2026-yil oxiriga kelib ham tayyor bölmagan.

Murojaatçilardan Dilorom Yutayeva 2024-yilda şartnoma tuzib, qariyb 400 mln söm tölov qilganini, xonadon esa 2025-yil 30-oktabrgaça topşirilişi kerak bölganini bildirgan. Yana bir xaridor Dilnoza Töyçiboyeva uzoq kutganidan keyin şartnomani bekor qilişga qaror qilgani, biroq keyin özi pul tölab kelgan xonadon boşqa mijozga sotilganini iddao qilgan.

Kun.uz ma’lumotiga köra, kompaniya içida ta’sisçilar örtasida kelişmovçilik ham yuzaga kelgan. Şu fonda sotuv ofisidagi «Imarat» nomi «Imtiyaz»ga almaştirilgan.

Özini kompaniya direktori sifatida taniştirgan Olim Mamatov esa naşrga ayrim bloklarda quriliş va pardozlaş işlari davom etayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, Sergeli City’dagi 61 blokdan 16 tasini 2027-yil yanvarigaça topşiriş rejalaştirilgan.

Kompaniya rahbariyatiga jinoyat işi qözğatildi

1-noyabr kuni Toshkent şahar IIBB Imarat Development MÇJ rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotga köra, kompaniyaning ofisi Sergeli tumanida joylaşgan, biroq qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli uylarning bir qismi Toshkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan. Ayrim xaridorlar bundan norozi bölib, xonadonlar uçun tölagan pullarini qaytarişni talab qilgan, ammo mablağlar qaytarilmagan.

Şundan söng IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik hamda 192¹¹-moddasi – nodavlat taşkilot mansabdor şaxslarining öz vakolatlarini suiiste’mol qilişi alomatlari böyiça jinoyat işi qözğatgan.

«Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tergov natijalariga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.

IIBB hozirça aynan kimga gumon yoki ayblov e’lon qilinganini, kimdir uşlangan-uşlanmaganini hamda ehtiyot çorasi tanlangan-tanlanmaganini rasmiy ravişda ma’lum qilmagan.

Marat Hamdamov hamkorlari bilan nizo haqida gapirdi

Mojaro kuçaygan bir paytda Marat Hamdamov ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaatlar e’lon qildi.

Uning iddao qilişiça, kompaniyadagi boşqa ta’sisçilar bilan kelişmovçilik yuzaga kelgan va u ayrim loyihalardan çetlaştirilgan. Hamdamov, şuningdek, özi va oilasiga tahdidlar bölganini, ofis hamda quriliş maydonlariga kirişiga tösqinlik qilinayotganini aytgan.

Kompaniya vakili Olim Mamatov esa keyinroq Kun.uz’ga ta’sisçilar örtasidagi munosabatlar yaxşilangani va Hamdamov loyihalarga qaytişi mumkinligini bildirgan.

Şahzoda Muhammedova Marat Hamdamovni qöllab-quvvatladi

Aktrisa Şahzoda Muhammedova ham mojaro yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirdi. U Marat Hamdamovni qöllab-quvvatlab, muammolarning kelib çiqişida uning biznes hamkori Jasur Azizovni aybladi.

Muhammedova Jasur Azizov biznes mablağlarini qurilişdan taşqari maqsadlarga sarflagani, turli mamlakatlarning pasportlarini olgani, köçmas mulk va avtomobillar xarid qilgani hamda Marat Hamdamovni biznesdan çetlaştirişga uringani haqida iddaolarni ilgari surdi.

«Kompaniya yuzi, brend yuzi men bölganman. Marat Xayrullayeviç emas. Ular kompaniyani rivoji uçun uxlamay jonini va umrini tikkan», – deb yozdi aktrisa.

Şuningdek, u Marat Hamdamov bilan amalga oşirilgan xayriya va ijtimoiy loyihalarni ham eslatib ötdi.

Rasul Kuşerbayev xaridorlarga yordam berişni va’da qildi

Jamoat faoli Rasul Kuşerbayev ham videomurojaat e’lon qilib, avval Marat Hamdamovning tadbir va loyihalarida qatnaşganini tan oldi.

U buni Hamdamovning ijtimoiy loyihalar, jumladan, muhtoj oilalar uçun uy-joy quriş işlariga yordam bergani bilan izohladi.

«Maratni yonida yurganim, köringanimdan heç qaçon afsus qilmayman. Bu işlar uçun keçirim sörab ham çiqmoqçi emasman», – dedi Kuşerbayev.

Uning aytişiça, odamlar uning Marat Hamdamov bilan birga köringani va loyihalarda qatnaşgani sabab unga işonganini aytmoqda. Şu bois Kuşerbayev xonadon yoki pulini qaytarib olişni istayotgan fuqarolarga qonuniy yordam berişga tayyorligini bildirdi.

«Kim pulimni olaman desa, pulini olişga, uyimni olaman desa, uyini olişga yordam beraman», – dedi u.

Kuşerbayev Sergeli City quriliş maydoniga özi borganini va quriliş davom etayotganini körganini ham ma’lum qildi. Biroq uning fikriça, ayrim obyektlarni kompaniya aytayotgan qisqa muddatda yakunlaş qiyin bölişi mumkin.

U videoda Marat Hamdamov va uning hamkori IIBda ekanini ham aytdi.

Şahrezad Lutfullayeviç «hayp» qilmaslikka çaqirdi

Bloger Şahrezad Lutfullayeviç esa mojaro atrofida paydo bölgan köp sonli videolar va bayonotlarga munosabat bildirib, ayrim blogerlarni vaziyatdan «hayp» uçun foydalanmaslikka çaqirdi.

«Bir insonning orqasidan hayp işlaş qançalik töğri? Balki unaqa bölmagandir. Balki haqiqat yuzaga çiqişi mumkindir», – dedi u.

Lutfullayeviç ayrim materiallar buyurtma asosida tarqatilayotgan bölişi mumkinligini ham taxmin qildi. U masala yuzasidan alohida videomurojaat tayyorlaşini ham ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Miroboddagi quriliş binosida yonğin çiqqani haqida xabar berilgandi. Yonğin haqida 31-oktabr kuni soat 23:31 da xabar berilgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, vaziyatni nazoratga olgan. Yonğin soat 01:05 da qurşab olingan, soat 01:44 da esa töliq öçirilgan.

Shuningdek