Noyabrning ilk 10 kunligida havo soviydi va yomğir yoğadi

eʼlon qilindi
Haftaning ikkinçi yarmidan boşlab harorat pasayadi
3-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

Noyabr oyining 4 – 11-noyabr kunlari Özbekiston hududida havo özgaruvçan böladi. Ayrim viloyatlarda yomğir yoğişi, baland toğlarda esa qor yoğishi mumkin. Haftaning ikkinçi yarmidan boşlab harorat pasayib, kunduzgi havo ayrim hududlarda +7…+12 daraja atrofida böladi.

Qaysi hududlarda yomğir kutilmoqda

«Özgidromet» prognoziga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 – 11-noyabr kunlari asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat 6 – 8-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 4-noyabr hamda 7 – 9-noyabr kunlari ba’zi joylarda yomğir kutilmoqda. Qolgan kunlarda, asosan, quruq ob-havo böladi.

Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomğir yoğadi. Faqat 6-noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham ayrim kunlari yomğir yoğişi mumkin. Bu hududlarda faqat 6 va 11-noyabr kunlari yoğingarçiliksiz ob-havo kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida esa 5 hamda 10 – 11-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda yomğir yoğadi, baland joylarda qorga aylanişi ehtimoli bor. Ayrim hududlarga tuman tuşişi ham mumkin.

Harorat neça darajaga pasayadi

4 – 8-noyabr kunlari respublikaning aksariyat hududlarida keçalari +7…+14 daraja iliq böladi. 9 – 11-noyabr kunlari esa havo harorati pasayadi.

Qoraqalpoğiston va Xorazmda keçalari harorat 0…+5 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari esa +7…+12 daraja iliqqaça pasayişi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida keçalari +0…+5 daraja iliq, kunduz kunlari +10…+15 daraja iliq böladi.

Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida keçalari +2…+7 daraja, kunduz kunlari +10…+15 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda.

Janubiy viloyatlarda havo nisbatan iliqroq saqlanadi. Qaşqadaryo va Surxondaryoda kunduzgi harorat +13…+18 daraja atrofida böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida esa kunduz kunlari harorat +10…+15 darajagaça pasayadi.

Toğli hududlarda 9 – 11-noyabr kunlari keçalari 0…-5 darajagaça sovuq bölişi, kunduz kunlari esa +2…+7 daraja iliq kuzatilişi mumkin.

Prognoz davrida şarqiy şamol yönalişini özgartirib, asosan ğarbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Farğona vodiysida şamol tezligi sekundiga 5–10 metrni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq hafta davomida yomğirli va iliq ob-havo kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek