Qozoğistonga kirişda yangi tartib: kimlarga ruxsatnoma kerak

Qozoğistonda 1-noyabrdan xorijiy fuqarolar uçun QazETA elektron ruxsatnoma tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etila boşlandi. Yangi tartib Özbekiston fuqarolariga ham taalluqli, biroq ruxsatnoma 2027-yil 1-iyuldan majburiy böladi. Bu haqda Qozoğistonning rasmiy hukumat portalida ma’lum qilindi.
Qozoğiston hukumati 10-oktabrda qabul qilgan 890-sonli qarorga köra, yangi tizim vizasiz kiriş huquqiga ega xorijliklar uçun möljallangan. QazETA çegara nazoratini takomillaştiriş va migratsiya jarayonlarini raqamlaştiriş maqsadida joriy etilmoqda.
Hozirça ruxsatnomasiz ham kiriş mumkin
2026-yil 1-noyabrdan 2027-yil 30-iyungaça ötiş davri amal qiladi. Bu vaqt davomida elektron ruxsatnomani rasmiylaştiriş tavsiya etiladi, ammo majburiy emas.
Şu sababli hozirça QazETA ruxsatnomasi yöqligining özi Qozoğistonga kirişni rad etiş uçun asos bölmaydi. Çegara xizmati xodimlari sayohatçilarga yangi tartib haqida tuşuntiriş beradi.
Tizim dastlab Oqtov xalqaro aeroporti hamda Urlyutobe, Auxatti, Atameken va Nurli Jol avtomobil çegara punktlarida işga tuşirildi.
2027-yil 1-yanvardan QazETA Ostona va Olmaota xalqaro aeroportlarida, 1-martdan esa mamlakatning qolgan çegara punktlarida ham joriy etiladi.
1-iyuldan e’tiboran yangi tartib tatbiq etiladigan xorijliklar uçun elektron ruxsatnoma majburiy böladi. Usiz mamlakatga kiriş rad etilişi mumkin.
Ruxsatnoma pullikmi?
QazETA elektron ruxsatnomasi bepul rasmiylaştiriladi. Arizani QazETA rasmiy platformasi yoki mobil ilovasi orqali yuboriş mumkin.
Buning uçun sayohatçi öz şaxsini tasdiqlab, pasport ma’lumotlari va safar tafsilotlarini kiritişi kerak.
Ariza Qozoğistonga rejalaştirilgan kiriş sanasidan kamida 72 soat oldin yuborilişi lozim. Ruxsatnoma 180 kalendar kun davomida amal qiladi va arizada körsatilgan pasportga boğlanadi.
Biroq bu hujjat Qozoğistonda 180 kun davomida qoliş huquqini bermaydi. Mamlakatda böliş muddati amaldagi migratsiya va vizasiz rejim qoidalari bilan belgilanadi.
Kimlar elektron ruxsatnomadan ozod etiladi?
Yangi talab 16 yoşga tölmagan bolalar va 65 yoşdan katta şaxslarga tatbiq etilmaydi. Şuningdek, Qozoğistonda vaqtinça yoki doimiy yaşaş ruxsatiga ega xorijliklar ham QazETA olişlari şart emas.
Diplomatik va xizmat pasporti egalari, rasmiy delegatsiyalar a’zolari, Qozoğistonning amaldagi vizasiga ega şaxslar hamda aeroportning xalqaro tranzit hududidan çiqmaydigan yölovçilar uçun ham istisnolar mavjud.
Qozoğiston hukumati yangi tizim vizasiz kiriş tartibini bekor qilmasligini ta’kidlagan. Elektron ruxsatnoma mavjudligi esa mamlakatga kirişni avtomatik kafolatlamaydi. Yakuniy qaror çegara nazorati organlari tomonidan qabul qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Najimov» çegara posti yölovchilar uchun qaçon oçilişi haqida xabar bergan edi.