Özbekistonda yaşayotgan xorijliklarning daromad manbalari örganiladi

Özbekistonda uzoq muddat yaşayotgan xorijlik fuqarolar soni 250 ming nafarga yaqinlaşdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev ularning mamlakatda nima bilan şuğullanayotgani va daromad manbalari haqida aniq ma’lumot şakllantiriş zarurligini ta’kidladi.
Bugungi kunda Özbekistonda uzoq muddat yaşayotgan xorijliklarning 36 ming nafari işlaşga ruxsatnoma olgan, yana 24 ming nafari talaba hisoblanadi.
Davlat rahbari qolgan xorijliklarning nima iş bilan şuğullanayotgani va daromad manbalari haqida ham aniq ma’lumot bölişi kerakligini qayd etdi.
«Biz bu yönalişda ham oçiqlik siyosatimizni davom ettiramiz. Ayni paytda uşbu masalada tartib-intizom bölişi kerak», – dedi prezident.
Xorijliklarning 80 foizi qaysi sohalarda işlaydi
Işlaşga ruxsatnoma olgan xorijliklarning 80 foizi quriliş, quriliş materiallari işlab çiqariş, töqimaçilik va xizmat körsatiş sohalarida faoliyat yuritadi. Ularning aksariyati yuqori malaka talab qilmaydigan işlarda band.
Prezident yangi iş örinlariga, birinçi navbatda, Özbekiston fuqarolarini joylaştiriş zarurligini ta’kidladi. Şuningdek, mehnat bozorini himoya qiliş rivojlangan davlatlarda ham qöllaniladigan amaliyot ekanini qayd etdi.
Mas’ullarga uzoq muddatga kelgan xorijliklarning yaşaş va iş joylarini kuzatib boriş imkonini beradigan platformani bir oy içida işga tuşiriş topşirildi.
Yiğiliş davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ham muloqot qilinib, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mirziyoyev fuqarolarning çet elda işlagan yillari vatanga qaytgandan keyin pensiya tayinlaşda hisobga olinişi kerakligini ta’kidlagandi.