4 – 5-noyabrda 9 viloyatda sel xavfi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Ayrim hududlarni suv bosişi mumkin
O‘zbekistonda 20–22-iyun kunlari sel va suv toshqini kuzatiladi
Foto: Gidrometeorologiya xizmati

4 – 5-noyabr kunlari kutilayotgan yomğirlar sabab Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida sel va suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Özgidromet 9 ta viloyatning qator tumanlarida ehtiyotkorlik çoralarini körişni tavsiya qildi.

Xabarga köra, Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlarida sel xavfi mavjud.

Surxondaryoda Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.

Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy va Iştixon tumanlarida sel-suv toşqini yuzaga kelişi mumkin.

Navoiy viloyatida Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari, Jizzax viloyatida esa Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş va Yangiobod tumanlari ogohlantirildi.

Toşkent viloyatida Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlari, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlarida ham sel xavfi mavjud.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan va Yangiqörğon tumanlari, Farğonada Söx, Şohimardon, Farğona va Beşariq tumanlari xavfli hududlar sifatida körsatilgan.

Andijon viloyatida Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod şahrida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin.

Ayrim hududlarni suv bosişi mumkin

Özgidromet toğoldi va toğli hududlarda yaşayotgan fuqarolar, dam oluvçilar hamda u yerda harakatlanayotgan haydovçilarni ehtiyotkor bölişga çaqirdi.

Kuçli yomğirlar sabab ayrim joylarda suv töplanişi va hududlarni suv bosişi ehtimoli ham mavjud.

Eslatib ötamiz, avvalroq noyabrning ilk 10 kunligida havo sovişi va yomğir yoğişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek