Apple va Google yetakçi: Özbekistonda xorijiy IT kompaniyalar soliq tuşumi 86,5 foizga oşdi

eʼlon qilindi
Davlat budjetiga jami 232,8 mlrd söm soliq tölandi
Apple выпустила новую бета-версию iOS 27.2 с обновленной Siri
Foto: Laurenz Heymann / Unsplash

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi 109 ta xorijiy kompaniya Davlat budjetiga jami 232,8 mlrd söm soliq töladi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 86,5 foizga köp. Bu haqda Soliq qömitasi ma’lum qildi.

Eng köp soliq tölovçi uçta kompaniya – Apple, Google va Meta hissasiga jami 153,5 mlrd söm töğri keldi. Bu xorijiy raqamli xizmat körsatuvçilardan tuşgan barça soliqlarning qariyb 66 foizini taşkil etdi.

Qaysi kompaniyalar eng köp soliq töladi?

Töqqiz oy yakunlariga köra, Apple 54,2 mlrd söm bilan birinçi örinni egalladi. Google 52,6 mlrd söm bilan ikkinçi, Meta esa 46,7 mlrd söm bilan uçinçi örinda qayd etildi.

Keyingi örinlardan Valve Corporation (22,8 mlrd söm), sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvçi Anthropic (14 mlrd söm) va OpenAI (10 mlrd söm) joy oldi.

Şuningdek, Midasbuy 4,8 mlrd söm, Booking.com 4,2 mlrd söm, TikTok 2,4 mlrd söm va Anysphere 2,2 mlrd söm soliq töladi. Birinçi öntalikka kirgan kompaniyalar jami 213,9 mlrd söm soliq töladi. Bu umumiy tuşumlarning 91,9 foiziga teng.

Infografika: Soliq qömitasi

Xorijiy kompaniyalardan soliq tuşumlari qança oşdi?

2025-yilning dastlabki töqqiz oyida xorijiy elektron xizmat körsatuvçilardan budjetga 124,8 mlrd söm soliq kelib tuşgan edi. Joriy yilning mos davrida bu körsatkiç 108 mlrd sömga yoki 86,5 foizga oşdi.

Şu bilan birga, kompaniyalar tomonidan körsatilgan elektron xizmatlar qiymati 1,04 trln sömdan 1,94 trln sömga yetdi. Bu 85,2 foizlik ösişni anglatadi.

Özbekistonda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan xorijiy raqamli kompaniyalar soni ham köpaymoqda. 2025-yil boşida ularning soni 63 tani taşkil etgan bölsa, 2026-yil oktabriga kelib 109 taga yetdi.

Soliq kodeksining 281-moddasiga muvofiq, Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy yuridik şaxslar har çorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasigaça soliq hisobotini taqdim etişi va tegişli soliqlarni tölaşi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan soliq huquqbuzarliklari böyiça 86 mingdan ortiq murojaatlar kelib tuşgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek