Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

eʼlon qilindi
Yiliga 22 trillion sömlik mahsulot işlab çiqariladi

Buxoro viloyatida umumiy qiymati 7,8 milliard dollar bölgan 145 ta investitsiya loyihasi şakllantirildi. Ularning amalga oşirilişi natijasida 14 mingdan ortiq iş örinlari yaratilişi, yiliga 22 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilişi va 510 million dollarlik eksport imkoniyati paydo bölişi kutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

3-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida yangi obyektlarni işga tuşiriş va istiqbolli loyihalar qurilişiga start beriş marosimida iştirok etdi.

Loyihalarning 55 tasi işga tuşirilmoqda

Dasturga neft-kimyo, töqimaçilik, quriliş materiallari, maşinasozlik, energetika, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, logistika, qişloq xöjaligi va turizm kabi sohalardagi loyihalar kiritilgan.

Şundan 654 million dollarlik 55 ta loyiha işga tuşirilmoqda. Qiymati 7,1 milliard dollar bölgan yana 90 ta loyihaning qurilişi boşlanmoqda.

Loyihalarda AQŞ, Kanada, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy, Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Hindiston investorlari, şuningdek, xalqaro moliya institutlari hamda mahalliy tadbirkorlar qatnaşmoqda.

Prezidentning qayd etişiça, sönggi töqqiz yilda Buxoro viloyatiga 9,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilingan. Bu davrda 6 mingdan ortiq yangi işlab çiqariş quvvati va 120 mingta doimiy iş örni yaratilgan.

Energetika va töqimaçilikka yirik investitsiyalar

Viloyatda sönggi yillarda «yaşil» energetika loyihalariga 2 milliard dollar jalb qilingan. Natijada 1 ming megavattli şamol, 750 megavattli quyoş elektr stansiyalari hamda 63 megavattli energiya saqlaş tizimlari işga tuşirilgan.

Ğijduvonda «ACWA» kompaniyasi bilan 300 megavattli «Boş-2» şamol elektr stansiyasi qurilmoqda. Jondorda «Toyota Corporation», Peşkuda esa «Sinoma» iştirokida umumiy quvvati 1 ming megavatt bölgan şamol elektr stansiyalarini barpo qiliş işlari davom etmoqda.

Töqimaçilik sohasida Buxoro şahrida «Kurt Baver» brendi ostida yiliga 62 ming tonna mahsulot işlab çiqaradigan kompleks qurilişi rejalaştirilgan. Romitanda esa 400 million dollarlik paxta-töqimaçilik klasteri taşkil etilmoqda.

Buxoroda 3 mlrd dollarlik turizm loyihalari boşlanadi

Viloyatda qiymati 3 milliard dollar bölgan 19 ta yirik turizm loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Ular doirasida «Boqiy Buxoro» madaniy-etnografik parki, körgazmalar zali, mehmonxonalar va köngiloçar maskanlar barpo etiladi.

Şuningdek, Buxoro şahrida «Indigo», «Holiday Inn» va «Hilton» xalqaro brendlari ostida mehmonxonalar taşkil etiş közda tutilgan. Prezident uşbu loyihalar tizimli amalga oşirilsa, viloyatda turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş mumkinligini ta’kidladi.

Ikki million aholining suv ta’minoti yaxşilanadi

Kelgusi beş yilda viloyat aholisini töliq içimlik suvi bilan ta’minlaş, yirik şaharlar va tuman markazlarida kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş maqsad qilingan.

Umumiy qiymati 633 million dollar bölgan ikkita loyiha hisobiga 2 million aholining suv ta’minoti yaxşilanadi. Şundan 781 ming nafari ilk bor içimlik suvi bilan ta’minlanişi rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, viloyatning tranzit salohiyatini uç karra oşirişga qaratilgan 565 million dollarlik yettita yöl loyihasi amalga oşiriladi. Marosimda prezident ramziy tugmani bosib, yangi obyektlarni işga tuşirdi va istiqbolli loyihalar qurilişiga start berdi. Şuningdek, 2027-yilda ötkazilişi rejalaştirilgan sammitlarga Buxoro infratuzilmasini tayyorlaş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida 50 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi turizm markazidagi quriliş işlari bilan tanişgandi.

Shuningdek