Ispaniyadagi öyinda futbolçi vafot etdi

Ispaniyaning «Tenerife» klubi hujumçisi Jesus de Miguel «Andorra»ga qarşi öyin vaqtida raqib darvozaboni bilan töqnaşib, yurak faoliyati töxtab qolganidan keyin şifoxonaga olib ketilgan edi. 30 yoşli futbolçi 3-noyabr kuni vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy bayonot berdi.
Futbolçining yuragi tez yordam maşinasida töxtab qolgan
Hodisa 2-noyabr kuni Ispaniya ikkinçi divizionining 12-turi doirasida «Tenerife» va «Andorra» jamoalari örtasidagi uçraşuvda yuz bergan. Santa-Krus-de-Tenerife şahridagi Heliodoro Rodriges Lopes stadionida ötgan bahsning qöşimça vaqtida hisob 2:2 bölib turgan.
Uçraşuvning 96-daqiqasida «Tenerife» hujumçisi Jesus de Miguel uzoq uzatmadan keyin töpga yetib borişga harakat qilgan. Şu payt «Andorra» darvozaboni Jesus Ovono darvozasidan ança uzoqlaşib, hujumni töxtatiş uçun oldinga çiqqan. Darvozabonning tizzasi hujumçining kökrak qismiga tekkan.
Töqnaşuvdan keyin De Miguel maydonga yiqilib, huşini yöqotgan. Futbolçilar darhol tibbiy xodimlarni çaqirgan. Şifokorlar unga maydonda beş daqiqadan ortiq yordam körsatgan, keyin esa zambilda maydondan olib çiqib, tez yordam maşinasida şifoxonaga jönatgan.
Ispaniya OAV xabariga köra, futbolçining yuragi va nafas olişi tez yordam maşinasida töxtab qolgan. Tibbiyot xodimlari reanimatsiya çoralarini körib, uning yurak faoliyatini tiklaşga muvaffaq bölgan.
Uçraşuv 2:2 hisobida töxtatildi
Hodisa ortidan hakam «Andorra» darvozaboni Jesus Ovonoga qizil kartoçka körsatgan. Ikki jamoa futbolçilari va murabbiylar ştabi voqeadan qattiq ta’sirlangan. Hakam sardorlar va jamoa vakillari bilan maslahatlaşgaç, uçraşuvni töxtatişga qaror qilgan.
Öyin 2:2 hisobida qolgan. «Andorra» 80 va 87-daqiqalarda urgan gollari evaziga ikki töp farqini yöqqa çiqargan edi. Qolgan daqiqalarni qayta ötkaziş yoki boşqa qaror qabul qiliş masalasi musobaqa taşkilotçilariga qoldirilgan. Uşbu uçraşuv dastlab 1-noyabr kuni ötkazilişi kerak edi, biroq Tenerife orolidagi kuçli yomğir xavfi sabab bir kunga keçiktirilgan.
Tenerife futbolçining vafot etganini tasdiqladi
2-noyabr kuni klub De Miguel Nuestra Señora de Candelaria universitet şifoxonasining intensiv terapiya bölimiga yotqizilgani va ahvoli oğir bölsa-da, barqaror ekanini bildirgan edi.
Keyinroq uning nevrologik holati yomonlaşgani haqida xabar berildi. 3-noyabr kuni esa «Tenerife» futbolçining mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da vafot etganini rasman ma’lum qildi.
Klub bayonotida De Miguelning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan. Futbolçining oilasi oğir vaziyatda şaxsiy hayot daxlsizligiga hurmat bilan qaraşni söragan.
30 yoşli Jesus de Miguel 2015-yilda «Leganés B» jamoasida professional faoliyatini boşlagan. U Ispaniyaning bir neçta klublarida, jumladan, 2025-yildan buyon «Tenerife» safida töp surgan.
Avvalroq Qaşqadaryo viloyatida gipofiz bezidagi katta ösmani olib taşlaş böyiça operatsiya ötkazilgan 21 yoşli bemor 26-oktabr kuni vafot etgandi.