Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsen bilan kuraşişi mumkin

2026-yilgi FIDE rapid va blitz böyicha Jahon çempionati 25 – 30-dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul şahrida ötkaziladi. Musobaqada dunyoning yetakçi şaxmatçilari erkaklar va ayollar örtasida 4 ta Jahon çempionligi unvoni uçun kuraşadi.
FIDE ma’lumotiga köra, 25-dekabr ishtirokçilarning kelish kuni sifatida belgilangan. Çempionat dasturidan Open rapid va blitz, şuningdek, ayollar rapid hamda blitz musobaqalari örin oladi. Turnirga dunyoning turli mamlakatlaridan yuzlab şaxmatçilar kelishi kutilmoqda.
Amaldagi çempionlar kim?

2025-yilda Dohada ötkazilgan Jahon çempionatida Magnus Karlsen rapid va blitz böyiça ikki unvonni ham qölga kiritgan. Norvegiyalik grossmeyster rapidda 13 imkoniyatdan 10,5 oçko töplab, oltinçi bor Jahon çempioniga aylangan.
Ayollar rapidida Aleksandra Goryaçkina çempion bölgan. U asosiy turnirdan söng Çju Çziner bilan tay-breykda kuraşib, ğalaba qozongan.
Ayollar blitzida esa qozoğistonlik Bibisora Assaubayeva Anna Muzıçukni finalda 2,5:1,5 hisobida mağlub etib, uçinçi bor blitz böyiça Jahon çempioni bölgan.
Abdusattorov 2025-yilda finalga çiqqan

Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2025-yilgi Jahon blitz çempionatida finalga qadar yetib borgan.
Dohadagi hal qiluvçi bahsda u Magnus Karlsen bilan töqnashgan. 4 partiyadan iborat final 2,5:1,5 hisobida norvegiyalik şaxmatçi foydasiga yakunlangan va Abdusattorov kumuş medalni qölga kiritgan.
2025-yilgi blitz musobaqasining dastlabki bosqiçi Şveysariya tizimida 19 turdan iborat bölgan. Eng yaxshi tört şaxmatçi yarim finalga çiqib, keyin pley-offda çempionlik uçun kuraşgan. Ayollar musobaqasida esa dastlabki bosqiç 15 turdan iborat bölgan.
2026-yilgi musobaqada qaysi özbekistonlik şaxmatçilar qatnaşişi hozirça rasman e’lon qilinmagan.
Istanbul yirik şaxmat musobaqalariga mezbonlik qilgan

Istanbul avval ham yirik xalqaro şaxmat turnirlarini qabul qilgan. 2012-yilda bu yerda 40-Şaxmat olimpiadasi ötkazilgan, 2025-yil oxirida esa şahar yoşlar örtasidagi rapid va blitz böyiça Jahon çempionatiga mezbonlik qilgan.
FIDE 2026-yilgi çempionatning aniq ötkaziliş joyi, reglamenti va ro‘yxatdan ötiş tartibini keyinroq e’lon qilişini bildirdi. Musobaqaning titul homiysi Freedom Holding Corp. böladi.
Avvalroq AQŞning Sent-Luis şahrida ötkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnir jarayonlaridan haqida xabar berilgan edi.