Poytaxt Parking nomidan soxta SMSlar yuborilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Firibgarlar xabarda avtoturargoh uçun tölov qilinmaganini bildirib, «qarzdorlik»ni yopişni talab qilmoqda
O‘zbekistonda fuqarolar roziligisiz reklamali SMS va qo‘ng‘iroqlarini yuborish taqiqlanadi
Foto: Getty Images

Toşkentda Poytaxt Parking nomidan pulli avtoturargoh uçun qarzdorlik mavjudligi haqida soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Firibgarlar xabarda avtoturargoh uçun tölov amalga oşirilmaganini bildirib, «qarzdorlik»ni yopiş uchun havola orqali ötişni taklif qilmoqda.

Kompaniya bunday SMS yubormaydi

Foto: poytaxt.uz

Poytaxt Parking bunday xabarlarni yubormasligini ta’kidladi. Foydalanuvçilarga SMSdagi havolani oçmaslik, bank kartasi ma’lumotlari va avtomobil raqamini kiritmaslik tavsiya qilindi. Agar fuqaro karta ma’lumotlarini kiritib ulgurgan bölsa, darhol bankka murojaat qilib, kartani bloklatişi kerak.

Toşkent şahar hokimligi pullik avtoturargoh böyiça tölov holatini faqat Poytaxt Parking rasmiy ilovasi orqali tekşiriş yoki @PoytaxtParkingsupportbot botiga yoziş mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq XDP Toshkentdagi pulli avtoturargohlar uchun jarima joriy etişga qarşi çiqqan, Poytaxt Parking esa partiya fikrlariga javob bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek