Toşkentda qöşnisining muşugini qiynagan yigit qamaldi

eʼlon qilindi
Veterinariya tekşiruvida hayvonning old çap oyoği suyagi darz ketgani aniqlangan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Toşkentning Şayxontohur tumanida qöşnisining muşugiga jarohat yetkazgan 24 yoşli yigit 7 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Veterinariya tekşiruvida hayvonning old çap oyoği suyagida darz ketgani aniqlangan. Kursiv Uzbekistan sud hujjati bilan tanişdi.

Yigit muşuk bilan video olmoqçi bölgan

Sud hujjatlariga köra, voqea 2026-yil 28-oktabr kuni Şayxontohur tumanidagi köp qavatli uylardan birining kiriş yölagida sodir bölgan. Mast holatda bölgan 24 yoşli M.K. qöşnisining Simba laqabli muşugini uşlab, böğgan va oyoğini qayirib, unga jarohat yetkazgan. Veterinariya klinikasi ma’lumotnomasida muşukning old çap oyoği suyagida darz borligi qayd etilgan.

Yigit sudda muşuk bilan video olmoqçi bölganini, unga ataylab ozor beriş niyati bölmaganini aytgan. Uning sözlariga köra, mastligi sababli hayvonga jarohat yetkazganini anglamagan.

M.K. qilmişidan puşaymonligini bildirib, bunday holat boşqa takrorlanmasligini aytgan va suddan yengillik söragan.

Yigitga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Sud M.K.ni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan – hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş huquqbuzarligini sodir etganlikda aybli deb topdi. Unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq Qöqon şahridagi avtobus bekatida jamoat joyida yurish-turiş qoidalarini buzgan ikki nafar çet el fuqarosining xatti-harakatlari sudda körib çiqilgandi.

Shuningdek