2027-yildan importda QQSni hisoblaş avtomatlaşadi

eʼlon qilindi
1-yanvardan
Foto: depositphotos

Özbekistonda 2027-yil 1-yanvardan ayrim korxonalar uçun import va mahsulot sotişda hisoblangan qöşilgan qiymat soliği (QQS) summalarini özaro hisobga oliş tartibi avtomatlaştiriladi. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qömitasining qöşma qarorida belgilangan.

31-oktabr kuni Adliya vazirligida röyxatga olingan hujjatga köra, korxonalar tovar va xizmatlarni sotişda ortiqça tölagan QQS summasidan import vaqtida hisoblangan soliqni qoplaş uçun foydalanişi mumkin böladi.

Buning uçun soliq va bojxona organlari örtasida elektron ma’lumot almaşiş tizimi yölga qöyiladi.

Yangi tartib kimlarga tatbiq etiladi?

QQSni avtomatik özaro hisobga oliş mexanizmi yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi nazoratidagi korxonalarga tatbiq etiladi.

Şuningdek, mahsulot işlab çiqariş uçun xomaşyo va butlovçi qismlarni import qiluvçi elektrotexnika sanoati korxonalari ham uşbu imkoniyatdan foydalanişi mumkin.

Bundan taşqari, soliq xavfi past deb baholangan, QQS tölovçisi hisoblangan taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari hamda barqarorlik reytingi «BBB» darajasidan past bölmagan korxonalar yangi tartibdan foydalaniş huquqiga ega böladi. Sönggi toifaga davlat sektoridagi korxonalar kiritilmagan.

QQSni hisobga oliş tartibi qanday işlaydi?

Yangi mexanizmga köra, tadbirkor tovarlarni import qilişda bojxona yuk deklaratsiyasining 47-grafasidagi tölov usuli ustunida «VZ» kodini körsatişi kerak.

Şundan söng Bojxona qömitasi Soliq qömitasiga elektron sörov yuboradi. Soliq organlari tadbirkorda ortiqça tölangan QQS summasi mavjudligini tekşiradi.

Ma’lumotlar tasdiqlansa, tizim avtomatik ravişda soliqlarni özaro hisobga oliş dalolatnomasini şakllantiradi. Bojxona organlari esa uşbu hujjat asosida import deklaratsiyasini rasmiylaştiradi.

Natijada korxona avval ortiqça tölagan QQS summasini import vaqtida yuzaga kelgan soliq majburiyatini qoplaşga yönaltirişi mumkin böladi.

Biroq tadbirkorga nisbatan soliq tekşiruvi olib borilayotgan bölsa, mazkur mexanizm qöllanilmaydi.

Şuningdek, korxonaning soliq qarzdorligi mavjud bölsa, özaro hisobga olişdan keyin qoladigan ortiqça tölov summasi uşbu qarzdorlik miqdoridan kam bölmasligi kerak. Bu talab tölaş muddati keçiktirilgan qarzdorlikka ham tegişli.

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi. Uning joriy etilişi import qiluvçi korxonalar uçun soliq hisob-kitoblarini soddalaştiriş va tegişli jarayonlarni avtomatlaştirişga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kam ta’minlangan oilalarga 191,4 mlrd söm QQS qaytarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek