24 ta metan zapravka qoidabuzarlik uçun javobgarlikka tortildi

2026-yil boşidan buyon Özbekistondagi 24 ta metan zapravkada qoidabuzarlik aniqlangan. Şuningdek, neft mahsulotlari sifati böyiça ötkazilgan tekşiruvlarda 7,8 ming tonnadan ortiq sifatsiz mahsulot qayd etilgan. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri joriy yil 4-noyabr kuni Özenergoinspeksiya tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinganini xabar berdi.
24 ta metan zapravkaga nisbatan çora körilgan
Özenergoinspeksiya boşqarma boşliği Dilşodjon Karimovning aytişiça, respublikada hozir qariyb 1,5 mingta avtomobillarga gaz tölğaziş kompressor şoxobçasi faoliyat yuritadi. 2026-yil boşidan buyon şulardan 24 tasida qoidabuzarlik aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylaştirilgan.
«Özbekistonda hozir 1,5 mingga yaqin avtomobillarga gaz tölğaziş kompressor şoxobçasi bor. Ötgan davrda şularning 24 tasida noqonuniy holat aniqlandi. Ularga nisbatan bayonnomalar rasmiylaştirilib, tegishli tartibda ijroga yuborildi», – dedi u.
Karimov mazkur 24 ta holatda aynan qanday qoidabuzarliklar qayd etilgani, ular qaysi hududlarga töğri kelişi hamda çoralar summasi haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Şuningdek, öqing: Buxoroda sifatsiz Ai-92 sotgan AYoQŞlarga jarima qöllanildi
Benzin va dizel zapravkalari yagona tizimda kuzatilmoqda

Matbuot anjumanida benzin va dizel yoqilğisi sotadigan şoxobçalarni nazorat qiliş tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Özenergoinspeksiya boşliği Axadxon Isoqjonovning aytişiça, inspeksiya axborot tizimlari integratsiya qilingan. Bu orqali yoqilği quyiş şoxobçalarida qabul qilingan va sotilgan neft mahsulotlari miqdorini kuzatib boriş imkoniyati yaratilgan.
«Integratsiyalaşgan tizim orqali bugungi keça-kunduzda respublikada faoliyat yuritayotgan yoqilği quyiş şoxobçalarida — metan zapravkalardan taşqari, benzin va dizel yoqilğisi quyuvçi şoxobçalardagi miqdorlarni körib boryapmiz. Qaysi turdagi benzin mahsulotidan qança qabul qilib olindi, qançası realizatsiya qilindi — bular yagona tizimda körinadi va nazorat qilib boriladi», – dedi u.
Şu tariqa inspeksiya benzin va dizel yoqilğisining şoxobçalarga kelib tuşişi hamda realizatsiya qilinişini elektron tizim orqali kuzatmoqda.
Avvalroq joriy yilning dastlabki 9 oyida neft mahsulotlari sifati böyiça ötkazilgan nazoratlarda 330 ta holatda 7 828,3 tonna sifatsiz neft mahsuloti aniqlangani haqida xabar berilgan edi.