Buxoroda muqobil pulli yöllar qurilişi mumkin

Buxoro viloyatida asosiy sayyohlik yönalişlarini boğlaydigan muqobil pulli yöllar quriş imkoniyati örganiladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev hududdagi ta’mirtalab yöllar va köpriklarni yangilaşga xususiy investitsiyalarni kengroq jalb qiliş zarurligini ta’kidladi.
Joriy yilda Buxoro viloyatidagi yöllar holatini yaxşilaş uçun 900 mlrd söm ajratilgan. Şunga qaramay, viloyatda 2 ming kilometr içki yöl va 266 ta köprik ta’mirtalab ahvolda qolmoqda. Ularni yangilaş va ekspluatatsiya qilişga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, asosiy sayyohlik yönalişlarini boğlaydigan muqobil pulli yöllarni quriş imkoniyatlarini örganiş topşirildi.
Buxoroga yana 120 ta avtobus olib kelinadi
Viloyatda jamoat transporti yetarliça rivojlanmagani sabab aholining 80 foizi iş, öqiş va kundalik yumuşlariga yengil avtomobilda qatnayotgani qayd etildi.
Şu bois Buxoro uçun zarur bölgan qöşimça 120 ta avtobusni olib keliş işlarini jadallaştiriş vazifasi belgilandi. Aeroport va temir yöl vokzallari atrofida xizmat körsatiş sifati va qulayliklarni oşiriş ham topşirildi.
55 ta mahallaga içimlik suvi yetkaziladi
Viloyatda 55 ta mahalla aholisi hali markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlanişni kutmoqda. Mutasaddilarga uşbu mahallalarga suv yetkazib berişning aniq muddatlarini belgilaş va muammoni hal qiliş topşirildi.
Şuningdek, oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondiriş uçun yangi turarjoy massivlari qurilişini jadallaştiriş vazifasi qöyildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq davlat rahbari Buxoroda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport va unga olib boruvçi avtomobil yöli 2027-yil Mustaqillik bayramiga qadar foydalanişga topşirişni buyurgandi. Qiymati $300 mln bölgan yangi aeroport bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1,2 ming nafar yölovçiga xizmat körsata oladi.