Demokratlar AQŞ Kongressida ustunlikka erişmoqda

AQŞda 3-noyabr kuni ötkazilgan oraliq saylovlarda Demokratik partiya Kongressning har ikki palatasida ustunlikka erişmoqda. Dastlabki natijalarga köra, demokratlar Senatda respublikaçilarga tegişli bir neçta örinni qölga kiritgan, Vakillar palatasida esa köpçilikni egallaşi kutilmoqda. Bu haqda Reuters va Associated Press xabar berdi.

4-noyabr kuni e’lon qilingan natijalarga köra, demokratlar Şimoliy Karolina, Ogayo, Texas va Janubiy Karolina ştatlarida respublikaçilarga tegişli Senat örinlarini qölga kiritgan. Şuningdek, partiya Jorjiya va Nyu-Hempşirdagi muhim örinlarini saqlab qolgan.
Vakillar palatasida ham demokratlar bir qator respublikaçi nomzodlarni mağlub etgan. AQŞ ommaviy axborot vositalari Demokratik partiya uşbu palatada köpçilikni qölga kiritişi mumkinligini prognoz qilmoqda.

Saylov natijalari Tramp uçun nimani anglatadi?
AQŞ Kongressi Senat va Vakillar palatasidan iborat. Senatda 100 ta, Vakillar palatasida esa 435 ta örin mavjud.
3-noyabrdagi oraliq saylovlarda Vakillar palatasining barça 435 örni va Senatdagi 35 mandat uçun ovoz berildi.
Saylovgaça Kongressning har ikki palatasi Respublikaçilar partiyasi nazoratida edi. Agar demokratlar ikkala palatada ham köpçilikni egallasa, AQŞ prezidenti Donald Tramp ikkinçi prezidentlik muddatining qolgan ikki yilida Kongressdagi respublikaçilar köpçiligiga tayana olmaydi.
Bunday holatda demokratlar prezident ma’muriyati faoliyati ustidan parlament nazoratini kuçaytirişi, suriştiruvlar ötkazişi va ayrim qonun loyihalarining qabul qilinişiga ta’sir körsatişi mumkin.
Associated Press ma’lumotlariga köra, saylovlarda inflyatsiya, kundalik xarajatlarning oşişi va Erondagi uruş saylovçilarni taşvişlantirgan asosiy masalalar qatorida bölgan.
Ovozlarni hisoblaş davom etmoqda. Kongressning yangi tarkibi 2027-yil 3-yanvardan öz faoliyatini boşlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroilda parlament saylovlarida ovoz beriş yakunlangani haqida xabar bergan edi.