Ekstremistik taşkilot va materiallar reyestri yaratiladi

eʼlon qilindi
Reyestr Adliya vazirligining rasmiy saytida oçiq e’lon qilinadi
Surxondaryoda Suriya jangarilariga qo‘shilgan ekstremistik guruh fosh etildi
Foto: Stopterror

Özbekistonda ekstremistik taşkilotlar, materiallar va ayrim elektron manbalar haqidagi ma’lumotlarni öz içiga oladigan elektron reyestr yuritiladi. Reyestr Adliya vazirligining rasmiy saytida oçiq e’lon qilinadi.

«Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra, elektron reyestrni Adliya vazirligi yuritadi.

Unda ekstremistik faoliyatga aloqadorligi sabab faoliyati töxtatib turilgan taşkilotlar, ekstremistik taşkilot deb topilgan tuzilmalar hamda ekstremistik material deb topilgan materiallar haqidagi ma’lumotlar joylaştiriladi.

Şuningdek, bir yil davomida ikki yoki undan köp marotaba ekstremistik material joylaştirilgan yoki tarqatilgan internet va telekommunikatsiya manbalari ham reyestrga kiritiladi.

Material qanday ekstremistik deb topiladi

Material yoki elektron manbani ekstremistik deb topiş töğrisidagi iltimosnoma ekstremizmga qarşi kuraşuvçi davlat organlari tomonidan Boş prokuraturaga taqdim etiladi.

Iltimosnomaga material yoki manbada ekstremistik mazmun mavjudligini tasdiqlovçi ekspertiza xulosasi ilova qilinişi kerak.

Boş prokuratura hujjatlarning asoslanganligini tekşiradi. Agar ular yetarli deb topilsa, Boş prokuror yoki uning örinbosari materialni ekstremistik deb topiş töğrisidagi arizani Oliy sudga kiritadi.

Yakuniy qaror Oliy sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston qonunçiligidan «diniy ekstremizm» atamasi olib taşlanişi haqida xabar berilgandi. Yangi tartibga köra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik ğoyalari aks etgan materiallarni tayyorlaş, ularni tarqatiş maqsadida saqlaş, şuningdek, ekstremistik yoki terrorçilik taşkilotlarining ramz va belgilarini tarqatiş yoki namoyiş qiliş uçun tayyorlaş va saqlaş birinçi marta sodir etilganda ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi, ya’ni bunday qilmiş uçun darhol jinoyat işi qözğatilmaydi. Şaxs avval ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek