Hasanboy Dösmatov Istanbulda jang qiladi

Ikki karra Olimpiada çempioni Hasanboy Dösmatov 4-dekabr kuni Turkiyaning Istanbul şahrida filippinlik Roderik Bautista bilan IBA.PRO yönalişi böyiça jahon çempionligi kamarini qölga kiritiş uçun ringga çiqadi. Jang IBA Prezident kubogi final dasturidan örin olgan. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 3-noyabr kuni rasmiy saytida ma’lum qildi.
Dösmatov uçinçi katta unvonni közlamoqda
Hasanboy Dösmatov «Rio-de-Janeyro – 2016» va «Parij – 2024» Olimpiya öyinlarida oltin medalni qölga kiritgan. U havaskor boksdagi yutuqlariga endi professional yönalişdagi IBA.PRO jahon çempionligi kamarini ham qöşmoqçi.
Uning raqibi filippinlik Roderik Bautista böladi. Har ikki boksçi Istanbuldagi jangda jahon çempioni unvoni uçun kuraşadi.
Prezident kubogining mukofot jamğarmasi — 3 million dollar
IBA Prezident kubogi ilk bor 27-noyabrdan 4-dekabrgaça Istanbulda ötkaziladi. Musobaqa IBA Elite deb nomlangan yangi xalqaro platformaning işga tuşirilişini ham anglatadi. Uşbu loyiha havaskor va professional boksçilarni yagona sport tizimida birlaştirişga qaratilgan.
Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 3 million dollarni taşkil etadi. Musobaqa erkaklar örtasida 12 ta vazn toifasida ötkaziladi. Har bir vazn toifasida çempion 100 ming dollar, kumuş medal sohibi 50 ming dollar, bronza medal sohibi esa 25 ming dollar oladi.
IBA ma’lumotiga köra, musobaqa natijalari taşkilotning yangi jahon reytingi sikliga ham ta’sir qiladi. Reyting körsatkiçlari Prezident kubogining keyingi turnirlari va IBA jahon çempionatlariga saralaşda hisobga olinadi.
Prezident kubogi finali 4-dekabr kuni Istanbulda ötkaziladigan Global Boxing Forum bilan bir vaqtda bölib ötadi. IBAning navbatdagi saylov kongressi esa 5-dekabrga belgilangan.
Avvalroq Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional boksçilarning sentabr oyi uçun yangilangan reytingini e’lon qilgandi.