Kannavaro ketadimi — ÖFA rasmiy munosabat berdi

4-noyabr 2026 09:38 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: ÖFA

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro lavozimini tark etişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda taşkilotning rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Avvalroq taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida italiyalik mutaxassis Özbekiston terma jamoasidan ketiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida xabar bergan edi.

Ekran Tasvir X

Uning ta’kidlaşiça, bunga Osiyo kubogi – 2027 musobaqasi muddatining özgartirilişi sabab bölgan bölişi mumkin.

ÖFA esa mazkur xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi. Assotsiatsiya ommaviy axborot vositalari va futbol muxlislarini tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikka, faqat rasmiy xabarlarga tayanişga çaqirdi.

Osiyo kubogi muddati özgartirilmoqda

3-noyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Saudiya Arabistonida ötkaziladigan Osiyo kubogi – 2027 musobaqasi muddatini özgartirişga qaror qilganini ma’lum qildi.

Dastlab 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgaça ötkazilişi rejalaştirilgan turnirni endilikda 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargaça taşkil etiş közda tutilmoqda. Yangi sanalar FIFA tasdiğini kut­moqda.

Eslatib ötamiz, Fabio Kannavaro 2025-yil oktabr oyida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan. U Temur Kapadze örnini egallagan. Italiyalik mutaxassis bilan 2+3 yil şaklida şartnoma tuzilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fabio Kannavaroga Italiyaning «Juliano» klubini boşqariş taklifini rad etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek