Kogonda neft-kimyo ilmiy-sanoat klasteri tashkil etiladi

Buxoro viloyatida sanoat, energetika va eksport salohiyatini oşiriş böyiça yangi loyihalar amalga oşiriladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Kogon tumanida neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini taşkil etiş zarurligini ta’kidladi.
Davlat rahbariga köra, Buxorodagi xomaşyo, energiya resurslari va tadbirkorlar salohiyatidan foydalanib, uç yil içida $28 mlrdlik loyihalarni amalga oşiriş imkoniyati mavjud.
Ularning $17 mlrdi neft-gaz va kimyo sanoati hissasiga töğri keladi. Şuningdek, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi quvvatlarini oşiriş uçun nufuzli texnologik kompaniyalarni jalb qiliş vazifasi qöyildi.
Viloyat korxonalarida hosil böladigan xomaşyoni çuqur qayta işlaş maqsadida Kogon tumanida neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Yana 3,1 ming megavatt şamol elektr stansiyalari quriladi
Buxoro viloyatida qisqa vaqt içida qariyb 2 ming megavatt quvvatli elektr stansiyalari işga tuşirilgan.
Kelgusi uç yilda yana 3,1 ming megavatt quvvatli şamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattli energiya saqlaş tizimlari qurilişi rejalaştirilgan.
Elektr işlab çiqariş hajmining oşişi hisobiga uzatiş va taqsimlaş tarmoqlarini ham kengaytiriş közda tutilgan. Şu maqsadda uç yil içida viloyatda 745 kilometr elektr tarmoği quriladi.
Töqimaçilik eksportini ikki baravar oşiriş vazifasi qöyildi
Yengil sanoatda xalqaro brendlar bilan hamkorlikni kengaytiriş va Buxoroda işlab çiqarilgan töqimaçilik mahsulotlarini xorijiy bozorlarda köproq tarğib qiliş zarurligi qayd etildi.
Kelasi yilda uşbu yönalişda kamida $1 mlrdlik loyihalarni amalga oşiriş va eksport hajmini ikki baravar oşiriş vazifasi belgilandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoroda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport va unga olib boruvçi avtomobil yöli 2027-yil Mustaqillik bayramigaça oçiş topşirilgandi. Qiymati $300 mln bölgan yangi aeroport bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1,2 ming nafar yölovçiga xizmat körsata oladi.