Markaziy bank 2027-yilda qanday omillar sabab inflyatsiya 5 foiz bölişini tuşuntirdi

Markaziy bank 2027-yil yakuniga borib inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga tuşirişni rejalaştirmoqda. Regulyator prognoziga köra, 2027-yilda Özbekiston iqtisodiyoti 7-7,5 foizga ösişi mumkin.
Markaziy bank boşqaruvi 4-noyabr kuni Pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028 – 2029-yillarga möljallangan asosiy yönalişlari konseptual loyihasini tasdiqladi.
Asosiy ssenariyga köra, 2027-yilda iqtisodiy ösiş 7-7,5%, 2028 – 2029-yillarda esa 6,5 – 7,5% atrofida bölişi kutilmoqda. Prognozda geosiyosiy vaziyatning asta-sekin barqarorlaşişi, neft narxlarining pasayişi va asosiy savdo hamkorlarida iqtisodiy ösiş davom etişi hisobga olingan.
Şuningdek, umumiy fiskal taqçillik YaIMga nisbatan 3% atrofida saqlanişi, kreditlaş va içki talab ösişi muvozanatlaşişi hamda tartibga solinadigan narxlar islohotlari yakunlanişi nazarda tutilgan.
Prognoz davrida Özbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bölishi ham asosiy ssenariyga kiritilgan.
Inflyatsiya 2027-yilning ikkinçi yarmida 5 foizga tuşişi mumkin
Markaziy bank prognoziga köra, umumiy inflyatsiya 2027-yilning ikkinçi yarmida 5 foizlik targetga tuşadi va 2028 – 2029-yillarda şu daraja atrofida saqlanadi.
Bazaviy inflyatsiya esa 2027-yilda 4-5 foizgaça pasayişi kutilmoqda. Bunga energiya resurslari va kommunal xizmatlar tariflari oşişining ta’siri kamayişi, qat’iy pul-kredit siyosati, taşqi narx bosimining yumşaşi va içki taklifning kengayişi yordam berişi mumkin.
Qat’iy pul-kredit siyosati davom ettiriladi
Markaziy bank 2026 – 2027-yillarda qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab qolişni rejalaştirmoqda.
2027-yilda pul bozoridagi UZONIA stavkasi real hisobda 6-7 foiz atrofida şakllanişi prognoz qilinmoqda.
Inflyatsiya 5 foizlik maqsad atrofida barqarorlaşib, narx bosimlari pasaysa, pul-kredit şaroitlarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş imkoniyati körib çiqiladi.
Agar inflyatsion bosim kuçaysa, qat’iy siyosat uzoqroq muddat saqlanişi mumkin.
Asosiy xatarlar nima
Markaziy bank asosiy savdo hamkorlari valyutalarining keskin qadrsizlanişi, neft va jahon oziq-ovqat narxlarining oşişi hamda banklarda kreditlaşning tezlaşişini asosiy xatarlar qatoriga kiritgan.
Uşbu omillar yuzaga çiqsa, inflyatsiya asosiy prognozdan yuqori bölişi mumkin va pul-kredit siyosati qayta körib çiqiladi.
Islomiy banklar uçun yangi instrumentlar yaratiladi
2027 – 2029-yillarda Markaziy bank pul-kredit siyosati samaradorligini oşirişni ham rejalaştirmoqda.
Jumladan, UZONIAning pul bozoridagi rolini kuçaytiriş, foiz koridorini qayta körib çiqiş, bank tizimi likvidligini boşqariş mexanizmlarini takomillaştiriş közda tutilgan.
Islomiy banklar uçun şariat tamoyillariga mos likvidlikni jalb qiliş va taqdim etiş instrumentlarini işlab çiqiş işlari ham davom ettiriladi.
Şuningdek, derivativlar bozorini rivojlantiriş, foiz va valyuta xatarlarini xedjirlaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda içki valyuta bozori likvidligini oşiriş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani yana 14 foizda qoldirgani haqida xabar berilgandi. Sentabr oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizni taşkil etdi. Bu avgust oyidagiga nisbatan biroz yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Narxlar ösişiga meva-sabzavotlar, yonilği va ayrim xizmatlarning qimmatlaşi ta’sir körsatgan. Xizmatlar inflyatsiyasi yillik 7 foizgaça tezlaşgan, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foiz darajasida qolgan.