OnePlus Ace 7 smartfonlari savdosi 80 foizga oşdi

OnePlus kompaniyasining yangi Ace 7 seriyasi Xitoy bozorida muvaffaqiyatli start oldi. 29-oktabr kuni taqdim etilgan va şu kunning özida sotuvga çiqarilgan smartfonlar dastlabki tört kun içida avvalgi avloddan yuqoriroq natija qayd etdi. Bu haqda IT Home naşri xabar berdi.
RDObservation tahlilçisining ma’lumotlariga köra, yangi seriyaning sotuv boşlangan kundan keyingi uç kunni ham qamrab olgan davrdagi savdo hajmi OnePlus Ace 6’ning şu muddatdagi natijasiga nisbatan 180 foizni taşkil qilgan. OnePlus Ace 7 Pro esa avvalgi model körsatkiçining 125 foiziga yetgan.
Bu raqamlar uçinçi tomon manbasidan olingan va mustaqil ravişda tasdiqlanmagan.
9000 mA·soat batareya va 200 megapikselli kamera
OnePlus Ace 7 va Ace 7 Pro modellari 9000 mA·soat siğimli batareya, 100 vattli tezkor quvvatlaş va 185 Gts yangilaniş çastotasiga ega ekran bilan jihozlangan. Ikkala smartfonda ham 200 megapikselli asosiy kamera mavjud.
Modellar protsessor jihatidan farqlanadi: standart Ace 7 Snapdragon 8 Elite Gen 5 V Series, Ace 7 Pro esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 çipida işlaydi.
Pro versiyasining yana bir ustunligi – 3,5 karra optik yaqinlaştiriş imkonini beruvçi periskop teleobyektiv. Har ikki modelda IP66, IP68, IP69 va IP69K darajasidagi çang hamda suvdan himoya mavjud.
Smartfonlarda 185 Gts gaça yangilaniş çastotasini qöllab-quvvatlaydigan ekran va ikki kanalli Glacier sovitiş tizimi ham bor. Qurilmalar ColorOS 17 operatsion tizimida işlaydi.
Narxi qança
Xitoyda OnePlus Ace 7’ning davlat subsidiyasidan keyingi boşlanğiç narxi 2 761,65 yuan – taxminan 390 dollarni taşkil qiladi. Ace 7 Pröning subsidiyadan keyingi boşlanğiç narxi esa 3 149 yuan etib belgilangan.
30-oktabr kuni OnePlus China prezidenti Li Sze kompaniyaning yana bir natijasini e’lon qilgan. Uning aytişiça, OnePlus Ace 7 Pro va OnePlus 16 2026-yilda Android smartfonlari orasida ilk sotuv kunidagi savdo hajmi böyiça mos ravişda birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan.
Avvalroq Honor Win 2 smartfoni AnTuTu’ning 2026-yil oktabr oyi uçun Android qurilmalari reytingida birinçi örinni egallagandi.