Özbekistonda bokiralikni tiklaş uçun jinoiy javobgarlik belgilanadimi

eʼlon qilindi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bu ma’lumotlarni rad etdi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda bokiralik kapsulasini sotiş, yetkazib beriş va buyurtma qiliş, şuningdek, jarrohlik yöli bilan bokiralikni tiklaş uçun fuqarolar va şifokorlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanişi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bu ma’lumotlarni rad etdi.

Palata rasmiy munosabatida bunday mazmundagi qonun loyihasi mavjud emasligi, u körib çiqiş uçun kiritilmagani va muhokama qilinmayotganini bildirdi.

Yolğon xabar tarqatmaslikka çaqirildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda bokiralik kapsulasini sotiş va undan foydalaniş, şuningdek, jarrohlik amaliyoti orqali bokiralikni tiklaş uçun javobgarlik joriy etilişi aytilgan. Bundan taşqari, bunday holatlar haqida xabar bergan şaxslarni davlat tomonidan moddiy rağbatlantiriş taklif etilayotgani ham da’vo qilingan.

Qonunçilik palatasi bu ma’lumotlarni asossiz va tekşirilmagan deb atab, fuqarolarni ularni tarqatmaslikka çaqirdi.

«Axborotni ulaşişdan avval uning haqqoniyligini rasmiy manbalar orqali tekşiriş lozim», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Palata qonunçilik taşabbuslari va faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy axborot manbalari orqali kuzatib borişni tavsiya qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 14 yoşga tölmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanişi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek