Suyultirilgan gaz uçun 60 ming sömgaça kompensatsiya qanday olinadi

Özbekistonda 2026-yil 15-noyabrdan suyultirilgan gaz narxi bir kilogramm uçun 2 ming sömdan 5 ming sömga oşadi. Narxlar qimmatlaşgani sababli ehtiyojmand oilalarga oyiga 60 ming sömgaça kompensatsiya ajratiladi. Ushbu yordamdan foydalanış uçun ariza topshiriş kerak. Gaz xarid qilingani esa elektron tizim orqali tekşiriladi.
Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 602-sonli qarori bilan belgilangan. Kursiv Uzbekistan kompensatsiyani kimlar olişi, qayerga murojaat qiliş va pullar qaçon tölanişini tuşuntiradi.
Kompensatsiya kimlarga beriladi?
Davlat yordami, birinçi navbatda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga möljallangan. Biroq reyestrda bölmagan ayrim oilalar ham kompensatsiya olişi mumkin.
Buning uçun ular moddiy ahvoli böyiça belgilangan mezonlarga mos kelişi, oilaning har bir a’zosiga töğri keladigan örtaça oylik daromad esa minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oşmasligi kerak.
Şuningdek, yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalar ham kompensatsiya oluvçilar qatoriga kiritilgan.
Muhimi, yordam faqat suyultirilgan gazni amalda sotib olgan va belgilangan talablarga javob beradigan oilalarga tölanadi.
Qança pul qaytariladi?
Kompensatsiya har bir xarid qilingan kilogramm suyultirilgan gaz uçun 3 ming sömni taşkil etadi. Biroq bir oyda köpi bilan 20 kilogramm gaz uçun kompensatsiya beriladi. Şunday qilib, bir oilaga oyiga eng köpi bilan 60 ming söm qaytariladi.
Masalan, oila bir oyda 20 kilogramm suyultirilgan gaz sotib olsa, yangi narx böyiça 100 ming söm tölaydi. Şundan 60 ming sömi kompensatsiya sifatida qaytariladi. Natijada oilaning yakuniy xarajati 40 ming sömni taşkil etadi.
Agar oila 20 kilogrammdan köproq gaz xarid qilsa, ortiqça miqdor uçun kompensatsiya tölanmaydi.
Kompensatsiya gaz sotib oliş vaqtida çegirma sifatida emas, xarid tasdiqlanganidan keyin oilaning ijtimoiy kartasiga ötkaziladigan pul şaklida beriladi.
Kompensatsiya oliş uçun qayerga murojaat qiliş kerak?
Fuqarolar kompensatsiya tayinlaş uçun ariza berişlari lozim. Buning uçun davlat xizmatlari markaziga yoki «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga boriş mumkin. Şuningdek, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali ham murojaat qilsa böladi.
Uydan çiqmasdan ariza berişni istaganlar esa my.gov.uz portali yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidan foydalanişlari mumkin.
Davlat xizmatlari markazida arizani xodim töldiradi. Elektron murojaatda esa fuqaro sörovnoma ma’lumotlarini mustaqil kiritadi va Face-ID, Mobile-ID yoki boşqa identifikatsiya vositasi yordamida tasdiqlaydi.
Kompensatsiya tayinlaş xizmati bepul.
Ariza qanday körib çiqiladi?
Ariza yuborilganidan söng ma’lumotlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida avtomatik tekşiriladi.
Tizim oilaning kompensatsiya oliş huquqini aniqlaydi. Gaz xarid qilingani, uning miqdori va qiymati esa «Hududgazta’minot»ning E-gaz Billing tizimi orqali tekşiriladi.
Agar oila belgilangan mezonlarga mos kelsa va gaz xaridi tasdiqlansa, kompensatsiya ariza berilgan oydan tayinlanadi. Natija haqida fuqaroning telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Ma’lumot şaxsiy kabinetda ham aks etadi.
Agar oila belgilangan toifalarga kirmasa yoki ariza berilgan oyda gaz sotib olmagan bölsa, kompensatsiya tayinlanmaydi.
Pullar qaçon kartaga tuşadi?
Kompensatsiya xarid amalga oşirilgan zahoti tölanmaydi. Belgilangan tartibga köra, ariza berilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar tölov oluvçilar röyxati şakllantiriladi.
Mablağlar keyingi oyning 5 – 25-sanalari oraliğida bankning maxsus hisobvarağiga yönaltiriladi. Pul kelib tuşgandan söng bank uni bir iş kuni içida oilaning ijtimoiy kartasiga ötkazadi.
Masalan, fuqaro noyabrda ariza topshirib, suyultirilgan gaz sotib olgan bölsa va uning huquqi tasdiqlansa, kompensatsiya dekabr oyidagi tölov jarayonida beriladi.
Har oy qayta ariza beriş kerakmi?
Yöq. Kompensatsiya tayinlangandan keyin oilaning unga bölgan huquqi va gaz xaridlari har oy elektron tizim orqali qayta tekşiriladi. Talablar saqlanib qolsa, keyingi oylar uçun alohida ariza beriş talab etilmaydi.
Biroq oilaning moddiy ahvoli özgarsa yoki belgilangan mezonlarga mos kelmay qolsa, tölov töxtatilişi mumkin. Ijtimoiy reyestrga kirmagan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli dastlab uç oydan keyin, söngra har olti oyda örganiladi.
Kompensatsiya rad etilgan yoki tölov töxtatilgan taqdirda, fuqaro qayta murojaat qilişi mumkin. Davlat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi ustidan şikoyat qiliş huquqi ham mavjud.
Yangi kompensatsiya mexanizmi 2030-yil 1-yanvarga qadar amal qilişi belgilangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan suyultirilgan gaz yetkazib berişda davlat monopoliyasi tugatilişi haqida yozgan edi. 2027-yilda gaz yetkazib beriş tizimini butun respublika böylab xususiy sektorga ötkaziş rejalaştirilgan. Hozirda mamlakatda 3,8 millionga yaqin xonadonlar suyultirilgan gazdan foydalanadi.