Toşkentni boğlar va köllar yordamida çangdan xalos etiş mumkinmi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Poytaxt atrofida «Yaşil belboğ» paydo böladi, buning uçun 330 gektar yer ajratiladi
Foto: Lalita Kim /Kursiv Uzbekistan

Toşkentda havo sifatini yaxşilaş uçun ikkita dendrologik boğ yaratiş işlari boşlandi, deb xabar qildi Ekologiya qömitasi Kursiv Uzbekistan’ga. Poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida 250 gektarlik birinçi boğ, Green University yaqinida 83 gektarlik yana bir boğ barpo etiladi.

Poytaxt atrofida «Yaşil belboğ» paydo böladi, buning uçun 330 gektar yer ajratiladi. Kiçik halqa yöli böylab «Yaşil yölak» loyihasi böyiça işlar olib borilmoqda.

«Şahar mikroiqlimini yaxşilaş maqsadida törtta sun’iy köl va favvoralar barpo etiş közda tutilgan», – deyiladi qömita xabarida.

Şuningdek, poytaxtda eko-nazorat kuçaytiriladi va avtotransport vositalarining zararli çiqindilarini kamaytiriş işlari davom ettiriladi. Zavodlarda çiqindilarni tozalaş uskunalarini yangilaş davom ettiriladi. Havo sifatini avtomatik nazorat qiliş tizimini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, öqing: Çangli havoda nima qiliş kerak — muhim tavsiyalar

Qurilişlarda qança qoidabuzarlik qayd etilgan

Qömita ma’lumotlariga köra, poytaxtda 2,4 mingdan ortiq quriliş obyektlari tekşirilgan, ularda qonunbuzarliklar uçun 340 kişi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Quriliş maydonlarida çangga qarşi kuraşiş uçun 930 dan ortiq suv purkagiçlar örnatildi, şuningdek, vaqtinçalik yölaklar va ğildirak yuviş uskunalari örnatildi. Bundan taşqari, yangi binolarni loyihalaşda tutaş hududning kamida 30 foizini yaşil ösimliklar uçun ajratiş zarur.

Şuningdek, öqing: Toşkentliklar yana 10 kun iflos havodan nafas oladi

Havoni ifloslantirganlik uçun qanday jarimalar belgilandi

15 – 27-oktabr kunlari ekologlar tomonidan sakkizta xöjalik yurituvçi subyekt tekşirildi. Şuningdek, mutaxassislar Toşkent şahri va unga tutaş tumanlardagi 135 ta issiqxonani közdan keçirdi. Ulardan törttasida havo ifloslanişi bilan boğliq qoidabuzarliklar aniqlandi.

Tekşiruvlar davomida quriliş çiqindilari va ösimlik çiqindilarini yoqiş holatlari ham aniqlandi. Jami 359 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Ma’muriy jarimalarning umumiy miqdori 185,2 mln sömni taşkil etdi.

Şundan poytaxtda 43,1 mln sömlik 84 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Toşkent viloyatida 142,1 million sömlik 275 ta qoidabuzarlik. Poytaxt viloyatidagi ikkita korxonaga noqonuniy çiqindixonalar uçun qöşimça ravişda 3,44 mlrd söm kompensatsiya tölovlari hisoblandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar nima uçun Markaziy Osiyoda havo ifloslanganini tuşuntirgandi.

Shuningdek